TURLI GEOGRAFIK HUDUDLARGA TEGISHLI GOSSYPIUM HIRSUTUM VA G. BARBADENSE G‘O‘ZA LINIYALARIDAGI GENETIK XILMA-XILLIKNI QIYOSIY BAHOLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Selektsionerlar, odatda, genotiplarni yadroviy genom bilan tartibga solinuvchi morfologik xususiyatlariga ko‘ra tanlashadi. Vaholanki, sitoplazmatik genom, xususan, mitoxondriya va xloroplast genomlari ham biologik funktsiyalarda muhim rol o‘ynaydi. Sitoplazmatik va yadroviy genomning genetik irsiylanish usuli va xususiyatlari gen oqimi, evolyutsiyasi, populyatsiya tarixini o‘rganish uchun qo‘shimcha qimmatli ma'lumotlar beradi. Genetik tadqiqotlar uchun sitoplazmatik DNK markerlarini ishlab chiqish, shuningdek, G. hirsutum va G. barbadense liniyalari majmuasidagi sitoplazmatik va yadroviy genom o‘zgarishlarini aniqlash uchun DNK markerlarini qo‘llash maqsad qilib olindi. Tola belgilariga aloqador bo‘lgan 61 ta yadroviy SSR va 49 ta sitoplazmatik genomga xos bo‘lgan indel va SSR praymer juftlari 20 ta G. hirsutum va 74 ta G. barbadense liniyalari uchun ishlatildi. Sitoplazmatik indel markerlarning sitoplazmatik SSR markerlarga nisbatan polimorfik ekanligi kuzatildi. Umumiy natijalar saralangan 94 ta G. hirsutum va G. barbadense liniyalarining ikkita katta guruhga bo‘linishini ko‘rsatdi. Bu esa birinchi marta g‘o‘za sitoplazmatik genomini o‘rganish uchun genetik vosita hamda G. hirsutum va G. barbadense liniyalarining sitoplazmatik va yadroviy genomlarida genetik xilma-xillikni taqqoslaydigan hisobotni taqdim etdi. Tadqiqot natijalari selektsionerlarga g‘o‘za navlarini yaxshilash uchun genetik xilma-xillikning ta'sirini maksimal darajada oshirishga qaratilgan navdorlik strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Ayubov , M., Norov , T., Bo‘riyev , Z., & Abdurahmonov , I. (2019). TURLI GEOGRAFIK HUDUDLARGA TEGISHLI GOSSYPIUM HIRSUTUM VA G. BARBADENSE G‘O‘ZA LINIYALARIDAGI GENETIK XILMA-XILLIKNI QIYOSIY BAHOLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(2), 74–80. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/162
Ko'rishlar soni: 8