FARMATSEVTIKA FAOLIYATIDAGI NUQSONLAR: AHOLI SALOMATLIGI, IQTISODIYOT VA XAVFSIZLIKKA TASIRI
Abstrakt
Mazkur maqola bugungi kunda jahon hamjamiyatida yuz berayotgan pandemiya sharoitida O‘zbekiston farmatsevtika sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish hamda sohani aholi ehtiyojlari uchun javob beradigan darajada yuksaltirish maqsadlarini ko‘zlaydi. Maqolada davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar, ularning ishlatish holati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va uning zamon talablariga mosligi, Harakatlar strategiyasida aholi salomatligi, tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va undan barcha aholi qatlamining foydalana olish imkoniyatini ta'minlash yuzasidan hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, tibbiyotga zamonaviy ilm-fan yutuqlari va texnologiyalarini joriy etish borasida fikr-mulohazalar, respublika aholisi o‘rtasida birlamchi kasalliklar va kasallanishlar sonini ortib borish holati tahlil qilinadi. Mavjud kasalliklar ortib borishining sabablari, uning oldini olish borasida davlat tomonidan tibbiy dori-darmonlar soni va tarkibini yaxshilash borasidagi tadbirlar retrospektiv yoritib berilgan. O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini rivojlantirish borasidagi to‘siqlar va mavjud muammolar komparativ tahlil nuqtai nazaridan rivojlangan xorijiy davlatlar, jumladan, Germaniyaning farmatsevtika sanoati tajribasi bilan solishtirilgan. Shu bilan birga, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.