MINTAQADA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARINI BELGILASH VA PROGNOZ KO‘RSATKICHLARINI ISHLAB CHIQISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada ekologik tang hududlarda, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari mintaqada yem-xashak mahsulotlari yetishtirish, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish o‘rtasida yuqori bog‘liqlik mavjudligi, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklari ulushi yuqoriligi, shuningdek, katta maydonlarni egallagan yaylovlar chorvachilikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan ekanligini asoslaydi. Shu bilan birga, ekonometrik modellar asosida olib borilgan tadqiqot natijalari ham chorvachilikni rivojlantirish optimallikni ta'minlashga xizmat qilishini ko‘rsatmoqda. Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik sohasini rivojlantirish tashqi samaralar ta'sirini kamaytirishga xizmat qilishi aniqlandi. Shu sababli tashqi samaralarni optimal tartibga solishning istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish maqsadida hududda chorvachilikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari hamda 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Sauxanov , J. (2022). MINTAQADA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARINI BELGILASH VA PROGNOZ KO‘RSATKICHLARINI ISHLAB CHIQISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(1), 95–103. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/21
Ko'rishlar soni: 26