POLIETILEN VA JELATIN ASOSIDAGI BIOLOGIK PARCHALANADIGAN KOMPOZITLARNING MEXANIK XUSUSIYATLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada chiziqli past zichlikdagi polietilen (CHPZPE) va jelatin asosidagi polimer aralashmalar olinishi hamda biologik parchalanish, mexanik xususiyatlar, aralashtirish jarayonida hosil bo‘lgan payvand sopolimer miqdori va erkin jelatin haqida ma’lumotlar keltirilgan. Polietilen makromolekulasidagi malein guruhlari miqdori ortishi bilan payvand sopolimeri hajmi oshadi. Aralashmadagi jelatin miqdorining ortishi elastiklik modulining sezilarli darajada oshishi, kuchlanishning buzilishi va deformatsiya paytida uzilishdagi cho‘zilishning pasayishiga olib keldi. Biologik parchalanish darajasi aralashmadagi jelatin miqdori ortib borishi bilan oshishi aniqlandi. Biologik parchalanish dastlabki 10 kun ichida 54 %, maksimal 58 %gacha kuzatildi. CHPZPE-p-MA va jelatinni bir-biriga payvand qilishning maksimal darajasi payvand sopolimeridagi malein angidrid miqdoriga bog‘liqligi tadqiq etildi. Kompozitlarda malein angidrid miqdori ortishi bilan maksimal payvandlash darajasi yuqori bo‘lishi kuzatildi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Normurodov Н., Berdinazarov К., Haqberdiyev Э., Dusiyorov Н., & Ashurov Н. (2022). POLIETILEN VA JELATIN ASOSIDAGI BIOLOGIK PARCHALANADIGAN KOMPOZITLARNING MEXANIK XUSUSIYATLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(5), 5–12. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/319
Ko'rishlar soni: 47