OPTIK-ELEKTRON ANALIZATORLI FOTOELEKTRIK STVOR O‘LCHAGICHМ
Abstrakt
Maqolada stvor o‘lchash vosita-larini mukammallashtirishga yo‘naltirilgan, referent chiziq sifatida lazer nuri qo‘llangan, yuqori aniqlik bilan o‘lchaydigan, keng diapazonli hamda kam energiya sarfl ovchi fotoelektrik registratorning texnik yechimi keltirilgan. Shuningdek, stvor o‘lchash vositalari birlamchi shakllantirgichlarining zamona-viy klassifi katsiyasi qisqacha tahlil qilinib, shu asosda patentlangan optik-elektron analizatorli fotoelektrik stvor o‘lchagich qurilmaning elektron blok-sxemasi va konstruksiyasi taklif etilgan. Qurilma zamonaviy analoglaridan kichik massagabarit parametrlari va to‘g‘ri chiziqqa nisbatan yon siljish masofasini o‘lchash haqida ma’lumot olish tezkorligi bilan farqlanadi. Qurilmaning elektron blok-sxemasi va konstruksiyasi ko‘ndalang to‘g‘ri chiziqli skanerlash va lazer nurining energetik markazga nisbatan signalning pasayish darajasini belgilovchi fotoelektrik usul asosida yaratilgan.