UCHTA SO‘Z TURKUMI DOIRASIDAGI OMONIMIYANI FARQLOVCHI BIZNES JARAYONNI MODELLASHTIRISH
Abstrakt
Tabiiy tillarni qayta ishlash jarayonlaridan biri matnlarni semantik tahlil qilishdir. Matnlar tarkibidagi omonim so‘zlarni ajratib, ularning ma’nolarini farqlash semantik tahlilning muhim vazifasi sanaladi. Omonim so‘zlarni semantik tahlil qilish maqsadida ular turkumlar doirasida uchrashiga ko‘ra 2 ta so‘z turkumi doirasidagi omonimlar, 3 ta so‘z turkumi doirasidagi omonimlar va 4 ta so‘z turkumi doirasidagi omonimlar kabi guruhlarga ajratiladi. O‘zbek tilidagi 3 ta so‘z turkumi doirasida omonimlik hosil qiluvchi so‘zlar 11 ta guruhga ajratiladi. Maqolada o‘zbek tilidagi sifat ˅ ot ˅ ravish, ot ˅ olmosh ˅ fe’l, ot ˅ sifat ˅ fe’l, ot ˅ fe’l ˅ ravish, ot ˅ sifat ˅ predikativ so‘z, ot ˅ ravish ˅ taqlid so‘z, ot ˅ undov ˅ taqlid so‘z, ot ˅ sifat ˅ ko‘makchi, ot ˅ son ˅ fe’l, ot ˅ fe’l ˅ taqlid so‘z, undov so‘z ˅ fe’l ˅ ravish guruhlarga mansub omonim so‘zlarni farqlovchi lingvistik omillar tahlil qilinib, jami 7 ta matematik model ishlab chiqilgan.