OQOVA SUVLARNI TOZALASH JARAYONINI NOQAT’IY MANTIQ ASOSIDA BOSHQARISH MODELINI ISHLAB CHIQISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Oqova suvlarni tozalash texnologiyalarini takomillashtirish, ularning energiya sarfini kamaytirish, suv tannarxini tushirish va sifatini oshirish kabi muammolarning bitta yechimi jarayonni to‘g‘ri boshqarish hisoblanadi. Ushbu ishda birinchi marta oqova suvlarni ion-almashinish smolalari yordamida tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, qurilma Qo‘ng‘irot soda zavodidagi oqova suv aralashmasini tozalash jarayonida sinovdan o‘tkazilgan. Zavod hududida o‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra, oqova suv tarkibidagi umumiy tuz miqdori 1885 mg/l dan 27,3 mg/l gacha tushirilgan. Umumiy qattiqlik esa 9,3 dan 0,27 gacha pasaytirilgan. pH miqdori 9,5 dan 7,5 gacha kamaytirilgan. Lekin 1 m3 oqova suvni tozalash uchun 1,8–2,5 kWh energiya sarflangan va buni kamaytirish talab etiladi. Mazkur maqolada oqova suvlarni ion-almashinish smolalari orqali tozalash jarayonini noqat’iy mantiq asosida boshqarish modeli ishlab chiqilgan. Suv tarkibidagi umumiy tuzlar miqdori, pH ko‘rsatkichi hamda suvning umumiy qattiqligi asosiy parametrlar hisoblanadi.
Qurilmadan olingan tajriba natijalari bo‘yicha belgilangan miqdorda suv sarfini nazorat qilish orqali ushbu parametrlarni noqat’iy mantiq asosida boshqarishning Matlab dasturi yordamida imitatsion modeli qurildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ishlab chiqilgan modelni jarayonda qo‘llab, suvdagi umumiy tuzlar konsentratsiyasini 99 %gacha tozalikda boshqarish, rostlash vaqtini esa 20 sekundgacha kamaytirish mumkin. Rostlash vaqtini kamaytirish orqali energiya sarfini o‘rtacha 1,8–2,5 kWh dan 1,2–1,8 kWh gacha oraliqda minimallashtirishga erishilgan.

How to Cite

Eshbobayev Jaloliddin Abdurazzaqovich. (2024). OQOVA SUVLARNI TOZALASH JARAYONINI NOQAT’IY MANTIQ ASOSIDA BOSHQARISH MODELINI ISHLAB CHIQISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(2), 72–82. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/544
Ko'rishlar soni: 19

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari