ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal State Unitary Enterprise "Publishing and Printing House of Innovative Development" en-US ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH 2181-9637 ION ALMASHINISH TEXNOLOGIYASI ORQALI MDEA/DEA AMIN ERITMALARIDAN ISSIQLIKKA BARDOSHLI TUZLARNI OLIB TASHLASH JARAYONINI SUN’IY NEYRON TARMOQQA ASOSLANGAN MODELLASHTIRISH https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/627
Amin asosidagi erituvchilar, xususan, metildietanolamin (MDEA)
va dietanolamin (DEA)ning issiqlikka bardoshli tuzlar (HSS) to‘planishi natijasida
yemirilishi kislotali gazlarni ajratib olish tizimlarining samaradorligi, xavfsizligi va
barqarorligiga jiddiy tahdid soladi. Kuchli asosli anionli smolalar yordamida ion al-
mashinish usuli HSSni yo‘qotish uchun keng qo‘llanadigan amaliy usullardan biri-
dir. Biroq ushbu jarayonning optimallashtirilishi hamda boshqaruvi uning noaniq
va ko‘p omilli tabiati sababli murakkab bo‘lib qolmoqda. Ushbu tadqiqotda ion
almashinish orqali tozalangandan so‘ng eritmada qolgan HSS miqdori va yakuniy
pH darajasini bashorat qilish uchun sun’iy neyron tarmoqlar asosidagi bashorat-
lash modeli ishlab chiqildi. Modelni o‘rgatish uchun MATLAB muhitida sanoatga
oid asosiy texnologik parametrlar – dastlabki HSS konsentratsiyasi, amin miqdori,
oqim tezligi, boshlang‘ich pH va harorat bo‘yicha o‘zgaruvchanlikni o‘z ichiga oluv-
chi keng qamrovli ma’lumotlar to‘plami yaratildi. Sun’iy neyron tarmoq arxitekturasi ikki yashirin qatlamli feedforward (oldinga yo‘naltirilgan) neyron tarmog‘i-
dan tashkil topgan bo‘lib, u Bayesiy regulyarizatsiya usuli asosida o‘qitildi. Bu usul
ortiqcha moslashuvga (overfitting) yo‘l qo‘ymasdan kuchli o‘rganishni ta’minladi.
Model yuqori korrelyatsiya koeffitsiyentlariga erishdi: umumiy bashoratlashda R =
0.9586, HSS konsentratsiyasi uchun R = 0.9173 va pH bashorati uchun R = 0.9898.
Xatoliklar gistogrammalari kam va simmetrik taqsimlangan qoldiq qiymatlarni
ko‘rsatdi, bu modelning aniqligi va umumlashtirish qobiliyatini tasdiqlaydi. Nati-
jalar shuni ko‘rsatdiki, sun’iy neyron tarmoq erituvchilarni tozalash tizimlarida real
vaqt rejimida monitoring qilish va bashoratli boshqaruv uchun ishonchli model sifa-
tida xizmat qilishi mumkin. Taklif etilgan metodologiya kimyo muhandisligi sohasi-
da intellektual jarayonlarni optimallashtirishga hissa qo‘shib, operatsion samara-
dorlikni oshirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga yordam beradi.

Norqulov Jonibek Farxod o‘g‘li Muradov Raxmatulla Sobirjonovich Kodirov Orifjon Sharipovich Copyright (c) 2025 2025-10-17 2025-10-17 8 5 8 19 HISOBLASH SUYUQLIKLARI DINAMIKAS I (CFD) YORDAMIDA GELIOQURITGICHLARNI MODELLASHTIRISH https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/628
Ushbu ilmiy maqolada hisoblash suyuqliklari dinamikasi (CFD) usuli
asosida gelioquritgichlarda issiqlik va havo oqimi jarayonlari modellashtirildi
hamda dorivor o‘simlik – katta bargizub (Plantago major) barglarini samarali
va sifatli quritish imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi
gelioquritgichlar konstruksiyasini optimallashtirish, quritish tezligini oshirish
va mahsulot sifatini saqlab qolish uchun CFD texnologiyalari imkoniyatlarini
baholashdan iborat. ANSYS Fluent dasturi yordamida quritgich ichidagi
issiqlik taqsimoti, havo oqimi tezligi va harorat gradientlari modellashtirildi.
Simulyatsiya shartlariga ko‘ra, quyosh energiyasi asosida isitiladigan havo harorati
55–65 °C oralig‘ida saqlanib, mahsulot ustiga yo‘naltirildi. Quritilayotgan bargizub
barglarining boshlang‘ich namligi 82 %ni tashkil etdi va 3,5–4,5 soatlik quritish
davomida bu ko‘rsatkich 10–12 %gacha kamaydi. CFD modellashtirish natijalari
quyidagi ustunliklarni ko‘rsatdi: havo oqimi quritgich ichida bir xilda taqsimlanib,
barcha barglar teng issiqlik ta’siriga uchradi; issiqlik energiyasining samarali
ishlatilishi natijasida quritish muddati qisqardi; quritilgan mahsulotda biologik
faol birikmalar (flavonoidlar, vitaminlar) saqlanishi ta’minlandi; quritgichning
ichki geometriyasi, havo kirish va chiqish yo‘llari CFD asosida tahlil qilinib,
loyihaning takomillashuvi uchun tavsiyalar ishlab chiqildi. Simulyatsiya natijalari
eksperimental kuzatuvlar bilan solishtirildi va yuqori darajadagi moslik qayd etildi.
CFD texnologiyasi yordamida ishlab chiqilgan model orqali gelioquritkichlarning
samaradorligi oshirildi, quritish sifati yaxshilandi va issiqlik yo‘qotishlari
minimallashtirildi. Mazkur tadqiqot hisoblash suyuqliklari dinamikasi asosidagi
yondashuvning dorivor o‘simliklar uchun mo‘ljallangan gelioquritgichlarni
ilmiy loyihalash va amaliyotga joriy etishdagi yuqori salohiyatga ega ekanligini
ko‘rsatadi.
Usmаnоv Kоmil Isrоilоviсh Copyright (c) 2025 2025-10-17 2025-10-17 8 5 20 31 UYURMALI APPARATLAR SAMARADORLIGINING EKSPERIMENTAL TADQIQOTLARI VA SANOAT SINOVLARI NATIJALARI https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/632
Mazkur maqolada sanoat chiqindi gazlarini tozalashda
qo‘llanayotgan uyurmali apparatlar samaradorligi, konstruksiyaviy afzalliklari
va ularning ilmiy-tadqiqot hamda sanoat sinovlaridan olingan natijalari
yoritilgan. Navoiy viloyatidagi ekologik muammolarni hal etish maqsadida
ishlab chiqilgan texnologik yechimlar asosida chiqindi gazlardan chang,
zaharli gazlar va ortiqcha issiqlik ajratib olish imkonini beruvchi uyurmali
qurilmalarning modellari ishlab chiqilgan hamda keng ko‘lamli sinovlardan
o‘tkazilgan. Tadqiqotlar davomida gaz va suyuqlik fazalarining turli holatdagi
harakati, markazdan qochma kuchlar yordamida amalga oshirilgan modda
va issiqlik almashinuvi, gazlarni karbonat angidrid gazidan tozalash, quritish
jarayonlari hamda sovitish va isitish jarayonlarining intensivligi tahlil qilingan.
Uyurmali apparatlar orqali jarayonlar tezligi 4–10 martagacha oshishi, energiya
tejamkorligi 2–3 baravar yaxshilanishi va gidravlik qarshilikning nisbatan past
bo‘lishi tajribalar asosida aniqlangan. Qurilmalar oddiy va ixcham tuzilishga ega
bo‘lib, ekspluatatsiya qilishda kam xarajat talab etadi. Shuningdek, gazlarning
suyuqliklar bilan kontaktlashuvi asosida issiqlik almashinuvi va absorbsiyalash
jarayonlari samaradorligi ham yuqori ekanligi eksperimental isbotlandi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu qurilmalar changni 99 %gacha, zaharli
gazlarni esa 90–98 %gacha samarali ushlab qoladi. Maqolada keltirilgan ilmiy
asoslangan yondashuvlar uyurmali apparatlarning mahalliy va xalqaro sanoat
tarmoqlarida keng joriy etilish imkoniyatini tasdiqlaydi. Xulosa sifatida uyurmali
texnologiyalar ekologik xavfsizlikni ta’minlashda istiqbolli yechim sifatida
tavsiya etiladi.
Axmatov Abdumalik Abduvaxob o‘g‘li Copyright (c) 2025 2025-10-17 2025-10-17 8 5 32 43 ASINXRON MOTORLAR NAZORATI UCHUN UCH FAZALI TOK O‘ZGARTKICHLAR MODELI VA EKSPERIMENTAL TAHLILI https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/634
Ushbu maqolada asinxron motorlarda ishlatiladigan uch fazali
elektromagnit tok o‘zgartkichlarining sezgir elementlari asosida model
va eksperimental tekshiruvi bayon etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi
motorlarning tirsak qismidagi magnit maydon tarqalishini baholash va chiqish
signali xususiyatlarini aniqlash orqali reaktiv quvvat nazorati samaradorligini
oshirishdir. Bunda ketma-ket, parallel va differensial ulanishli elektromagnit tok
o‘zgartkichlarning chiqish kuchlanishlariga ta’siri o‘rganilib, ularning har biri
uchun statik va dinamik tavsiflar aniqlangan. Modellar Matlab dasturiy muhiti
asosida tuzilgan, eksperimental tekshiruv esa CassyLAB qurilmasi orqali amalga
oshirilgan. Chiqish kuchlanishining sinusoidalligi, turg‘unlik holatiga erishish
vaqti, garmonik buzilishlarning darajasi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida
differensial ulangan sezgir elementli tok o‘zgartkichlar eng samarali natija bergani
aniqlangan. Mazkur yondashuv asinxron motorlarda energiya sifatini nazorat qilish
tizimlarini yaratishda amaliy ahamiyatga ega.
Boixanov Zailobiddin Urazali o‘g‘li A’zamov Saidikrom Saidmurodovich Copyright (c) 2025 2025-10-17 2025-10-17 8 5 44 56 YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISH UCHUN REAL VAQT REJIMIDA ALKOGOLNI ANIQLASH VA DVIGATELNI BLOKLASH TIZIMI https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/635
Mazkur loyiha bitiruv ishi sifatida amalga oshirilib, alkogol ta’siri
ostida transport vositasini boshqarishdan kelib chiqadigan yo‘l-transport hodisalari
va zararni kamaytirishga qaratilgan. Tizim Arduino Uno3 mikrokontrolleri asosida
ishlab chiqilgan bo‘lib, u haydovchi nafasidan namunani tahlil qiluvchi alkogol
sensori bilan bog‘langan. Agar alkogol aniqlansa, avtomobil dvigateli avtomatik
ravishda o‘chiriladi hamda atrofdagilarni ogohlantirish va xavfning oldini olish
maqsadida favqulodda signal beriladi. Alkogol sensori rulga joylashtirilgan
bo‘lib, belgilangan me’yordan yuqori darajada aniqlanganda, yondirish
(зажигание) tizimi bloklanadi. Arduino sensor ma’lumotlarini uzluksiz nazorat
qiladi va dvigatelni ishga tushirishga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovka mexanizmini
faollashtiradi. Bu esa avariya, jarohatlar va moddiy zararlar xavfini kamaytirishga
xizmat qiladi.
Karimov Mustafo Aminboyevich Berdiyev Usmon Tolib o‘g‘li Copyright (c) 2025 2025-10-17 2025-10-17 8 5 57 64 PIVO ISHLAB CHIQARISH JARAYONI UCHUN MODEL ASOSIDAGI BASHORATLI BOSHQARUV TIZIMINI ISHLAB CHIQISH https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/636
Ushbu ishda pivo ishlab chiqarishda zator tayyorlash jarayoni
bosqichida haroratni aniq boshqarish uchun model asosidagi bashoratli
boshqaruv (MPC) tizimini ishlab chiqish va baholash taqdim etilgan. Zator
tayyorlash jarayoni fermentlar faolligini optimal darajada ta’minlash, maksimal
shakar hosil bo‘lishi va mahsulot sifati barqarorligini saqlash uchun qat’iy
harorat profilini talab qiladi. Zator tayyorlash uskunasidagi jarayonning
dinamik matematik modeli issiqlik kirishi va issiqlik yo‘qotishlarini hisobga
olgan holda tuzilgan issiqlik balansi tenglamalariga asoslanadi hamda
boshqaruvchi algoritmning prognozlash yadrosi sifatida xizmat qiladi. MPC
algoritmi ma’lum vaqt oralig‘ida kelajakdagi harorat o‘zgarishlarini bashorat
qiladi va harorat hamda energiya sar�i bo‘yicha texnologik cheklovlarga
rioya qilgan holda optimal isitish qiymatlarini aniqlaydi. Jarayonni aniq
modellashtirish, optimallashtirish va boshqaruv natijalarini vizuallashtirish
maqsadida hisoblash tajribalari Python dasturlash tilida NumPy, Matplotlib va
Control kutubxonalaridan foydalangan holda o‘tkazildi. Natijalar MPC tizimi
maksimal ±0,2 °C harorat og‘ishini ta’minlagani, umumiy issiqlik energiyasi
sarfini taxminan 15 %ga kamaytirgani va buzilishlardan keyin tezroq
tiklanishini ko‘rsatdi. Ushbu natijalar MPC tizimi sanoat zator tayyorlash
jarayonida barqaror va energiya samarali yechim ekanligi, pivo sifatini oshirish
va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilishini tasdiqlaydi.
Yusupov Mirjalol Shovkat o‘g‘li Copyright (c) 2025 2025-10-17 2025-10-17 8 5 65 75 ZAMONAVIY ISSIQXONALARDA HARORAT VA NISBIY NAMLIKNI BOSHQARISHDA TIZIMNI IDENTIFIKATSIYALASH ASOSLARI https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/637
Ushbu maqolada O‘zbekiston iqlim sharoitida issiqxonada harorat
va nisbiy namlik parametrlarini samarali boshqarish maqsadida tizimni
identifikatsiyalash masalasi chiziqli ARX (AutoRegressive with eXogenous input)
modeli asosida tadqiq etilgan. Mazkur tadqiqot ishida real vaqtli eksperimental
o‘lchovlar asosida mikroiqlim parametrlari dinamikasini ifodalovchi matematik
model qurish hamda ushbu model negizida avtomatik boshqaruv tizimining ilmiy
asoslarini ishlab chiqish maqsad qilingan. O‘zbekistonda issiqxonalarning keng
joriy etilishi, agrotexnologik jarayonlarning barqarorligini ta’minlash, energiya
va suv resurslaridan tejamkor foydalanish hamda global iqlim o‘zgarishlariga
moslashish zaruriyati ushbu tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot
metodologiyasi sifatida ARX model strukturasini tanlash, parametrlarni baholash
va modelning adekvatligini tekshirishda MATLAB Toolbox vositalaridan
foydalanildi. Olingan natijalar mikroiqlim parametrlarini aniq boshqarishga
qaratilgan zamonaviy regulyatorlar ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy asos
yaratadi. Modelning hisoblashdagi soddaligi, tezkorligi va real vaqtli tizimlarga
integratsiyalash imkoniyati uni amaliy sharoitlarda, xususan, O‘zbekiston
issiqxonalarida samarali qo‘llash imkonini beradi. Chiziqli ARX modelidan
foydalanish issiqxonalarda harorat va namlikni avtomatik boshqarish tizimlarining
aniqligi hamda ishonchliligini oshirishda samarali yechim bo‘lishi asoslab berilgan.
Abdullayev Abdushukur Xamidovich O‘raqov Eldor Erkin o‘g‘li Copyright (c) 2025 2025-10-17 2025-10-17 8 5 76 89 SHAMOL VA GIDROENERGETIKA MANBALARINI BIRLASHTIRISH ORQALI BARQAROR ENERGIYA TA’MINOTINI TA’MINLASH (CHORTOQ MIKRO GESI MISOLIDA) https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/638
So‘nggi yillarda global energetika sektori energiya ishonchliligi,
ekologik barqarorlik va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali
foydalanish bilan bog‘liq tobora ortib borayotgan muammolarga duch keldi.
Ayniqsa, chekka va tog‘li hududlarda beqaror elektr ta’minoti dolzarb muammo
bo‘lib qolmoqda. Gibrid tizimlarda shamol va gidroenergetikani birlashtirish
innovatsion hamda mintaqaviy moslashuvchan yechim beradi. Shamol
potensiali va oqar suv resurslariga mos relyefda joylashgan Chortoq mikro GESi
ushbu integratsiyani o‘rganish uchun tegishli misollar taqdim etadi. Ushbu
tadqiqotning asosiy maqsadi barqaror va uzluksiz elektr ta’minoti yaratishda
shamol va gidroenergetika manbalarini birlashtirgan gibrid energiya tizimlari
samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqot Chortoq mikro GESi misolida
energiya samaradorligi, tizim ishonchliligi va optimallashtirish strategiyalarini
tahlil qilishga qaratilgan. Bu ish turli atrof-muhit sharoitlarida gibrid tizimlar ishlashini baholash uchun modellashtirish va simulyatsiya usullaridan
foydalanadi. Shamol turbinalari va mikro-gidroelektrostansiyalarning texnik
parametrlari gibrid konfiguratsiyaga birlashtirilgan. Energiya ishlab chiqarish
hisob-kitoblari, ishonchlilik ko‘rsatkichlari (LOLP va LPSP kabi) va iqtisodiy
samaradorlik tahlillari MATLAB/Simulink va HOMER Pro vositalari yordamida
amalga oshiriladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, gibrid shamol-gidrotizim individual
manba uzilishlarini qoplash orqali energiya ta’minoti barqarorligini sezilarli
darajada yaxshilaydi. Simulyatsiya natijalari elektr ta’minotidagi uzilishlarning
75 %ga qisqargani, yukni qoplash yaxshilangani va zaxira dizel generatorlariga
bo‘lgan ishonchning 30 %ga kamayganini ko‘rsatadi. Natijalar Chortoq va shunga
o‘xshash hududlar sharoitida kichik hajmdagi gibrid tizimlar ham texnik jihatdan
foydali, ham iqtisodiy jihatdan samarali ekanligini tasdiqlaydi.
Saloydinov Sardorjon Qodirjon o‘g‘li Zaxidov Romen Abdullayevich Copyright (c) 2025 2025-10-17 2025-10-17 8 5 90 99 BOLALAR ORTOPEDIK MOSLASHUVCHAN KIYIMI MODEL KONSTRUKSIYASINI LOYIHALASHDA OYOQ KERILISH KENGLIGINI OSHIRISH REGRESSION MODELINI QURISH https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/639
Ushbu maqolada bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimi model
konstruksiyasini qurishda kiyim orqali terapevtik ta’sirni oshirish jihatlari
tadqiq qilingan. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi
kasalligida davolashga erishishni ta’minlovchi oyoq kerilish kengligini o‘rganish
uchun matematik modellar qurish masalasi ko‘rib chiqilgan. Chiquvchi parametr
sifatida oyoq kerilish kengligining taʼsir qiluvchi kiruvchi parametrlari, ya’ni
bolaning yoshi, oyoq kerilish burchagi hamda taqish muddati holati taʼsiri
tajriba asosida oʻrganildi. Modelning adekvatligi bola yoshining ortopedik
kiyimdan foydalanish, ya’ni uning taqish muddatiga bogʻliqligi, oyoq kerilish
burchagining taqish muddatiga bogʻliqligi hamda bolaning oylik yoshining oyoq
kerilish burchagiga bogʻliqligi asosida tekshirildi. Kodlashtirilgan grafiklardagi
izochiziqlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, displaziya kasalligidan davolanayotgan
turli yoshdagi bolalarda ortopedik moslashuvchan kiyimni taqish muddatiga
qarab oyoqning kerilish burchagi bosqichma-bosqich oʻzgarib boradi. Ushbu
o‘zgarishlar normal moslashuv jarayoni sifatida kodlashtirilgan qiymatlar bilan
mos keladi.
Orziqulova Gavharxon Sultonmurod qizi Rasulova Mastura Kabilovna Copyright (c) 2025 2025-10-17 2025-10-17 8 5 100 109 KARTOSHKA YIG‘ISH MASHINASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/640
Mazkur maqola kartoshka yig‘im-terimini mexanizatsiyalash
samaradorligini oshirish muammosini hal etishga qaratilgan bo‘lib, unda kartoshka
yig‘ish kombaynining ko‘taruvchi-ajratuvchi ishchi organini takomillashtirishning
ilmiy-nazariy asoslari o‘rganilgan. Tadqiqotning predmeti va mavzusi markazdan
qochma, ko‘tarma-elovchi chiviqli elevator (MQKEChE)ning texnologik va
konstruktiv parametrlarini ishlab chiqish va ularni ilmiy-nazariy jihatdan
asoslashdan iborat. Ishning dolzarbligi shundaki, an’anaviy kombaynlarda
tuproqni ajratish jarayoni past samaradorlikka ega bo‘lib, bu hosilning ifloslanishi
va mexanik shikastlanishiga olib keladi. Tadqiqotda matematik modellashtirish,
analitik tahlil va statistik usullar qo‘llanib, ular asosida ishchi organning optimal
parametrlariga erishildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, MQKEChEning
periferik tezligi 2,5–3,0 m/s va egri qismining radiusi 0,3-0,6 m bo‘lganda, tuproqni
ajratish to‘liqligi 99,4 %gacha yetadi, tugunaklarning shikastlanishi esa 3,4
%dan oshmaydi. Ishning natijalari amaliyotda qo‘llash uchun takomillashtirilgan
kartoshka qazgich-yuklagich KP-2 modelida sinovdan o‘tkazildi. Bu ishlanma
yengil va ixchamligi bilan ajralib turadi. Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqilgan
texnologiya mehnat sarfini 3 barobar, keltirilgan xarajatlarni 4,5 barobar
kamaytiradi, bu esa uning yuqori iqtisodiy samaradorligidan dalolat beradi va shu
kabi tuproq-iqlim sharoitlariga ega hududlarda keng qo‘llanishi uchun asos bo‘ladi.
Saloxiddinov Nurmuxammad Sotimboyevich Copyright (c) 2025 2025-10-17 2025-10-17 8 5 110 117 AMUDARYODAN AMU BUXORO MASHINA KANALIGA SUV OLISH HUDUDIDA OʻZAN JARAYONLARI DINAMIKASI https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/641
O‘zandagi jarayonlarni monitoring qilish va bashoratlash
muammosini hal etishning dolzarbligi shundaki, bugungi kungacha nazariy
tadqiqotlar yakuniga yetmagan va ular oqimlarning gidravlik nazariyasi hamda
morfologik jihatlarini o‘rganishni uyg‘unlashtirish orqali rivojlantirishni talab
etadi. Ayniqsa, dunyodagi loyqa cho‘kindilar ko‘p hisoblangan Amudaryoda
yildan yilga daryo o‘zanini loyqa bosishi va ko‘tarilishi davom etmoqda, bu
esa o‘zan deformatsiyasiga olib keladi hamda daryo o‘zanida joylashgan
gidrotexnik inshootlarning barqaror ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu
maqolada Amudaryoning oʻrta oqimidagi oʻzan jarayonlari masofaviy zondlash
ma’lumotlaridan foydalangan holda oʻrganildi. Bunda daryo oʻzanini xaritalash
uchun Google Earth Engine platformasi va Landsat sun’iy yoʻldosh tasvirlaridan
foydalanildi. Daryodan Amu Buxoro mashina kanaliga suv olish zonasida daryo
oʻzanining oʻzgarishi tahlil qilindi. Shuningdek, Amudaryodan ABMKga olingan
uzoq yillik suv miqdori o‘rganildi. So‘nggi uch yillik ma’lumotlar tahlili bo‘yicha
esa maksimal olingan suv miqdori 2025-yilning iyun oyiga to‘g‘ri kelgani kuzatildi.
ABMK suv olish hududida oʻzan relyefi va morfologiyasini aniqlash ishlari stvorlar
kesimida olib borildi. Tahlillarda daryo o‘zanida chuqurlik va kenglik bo‘yicha
deformatsiyalar tez sodir bo‘lishi kuzatildi. Amudaryoning o‘rta oqimida qirg‘oq
yuvilishida oqim tezligi 2 m/s gacha kuzatilgan va yuvish sikli 10–60 m, chuqurligi
esa 5–10 m ni tashkil etgan.
Ikromov Otabek Erkinjon oʻgʻli Copyright (c) 2025 2025-10-17 2025-10-17 8 5 118 127 “PLAGIAT” VA “AVTOPLAGIAT” TUSHUNCHALARINING ILMDA QOʻLLANISHI https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/642
Mazkur maqolada “plagiat” tushunchasi va uning asosiy turlari
batafsil izohlangan. Shuningdek, “avtoplagiat” (oʻz ishini plagiat qilish) ilmiy
atamasining “plagiat” tushunchasidan farqli jihatlari o‘rganilgan. Plagiat ham,
avtoplagiat ham ilmiy etikaga zid holatlar bo‘lib, plagiatni qoʻllash noqonuniy
xatti-harakat ekanligi, mualliflik va intellektual huquqlarning buzilishiga olib
kelishi mumkinligi, unga tegishli jazo choralari qoʻllanishi ta’kidlangan. Ilmiy
sohada bunday amaliyotlar ishonchsizlik, natijalar haqqoniyligini shubha ostiga
qo‘yish va tadqiqotchi obro‘sining yo‘qolishiga olib kelishi mumkinligi qayd etib
o‘tilgan.
Saloyeva Hilola Ravshan qizi Copyright (c) 2025 2025-10-17 2025-10-17 8 5 128 131