ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ РАЗРУШЕНИЯ ТВЁРДЫХ ГОРНЫХ ПОРОД УПРАВЛЯЕМОЙ УДАРНОЙ НАГРУЗКОЙ
Аннотация
Ishning asosiy maqsadi – qoziq shaklidagi maxsus asbob
konstruksiyasi yordamida massivda yuklama va kuchlanishlarni bir xil
taqsimlash orqali amalga oshiriladigan buzuvchi kuchlarning ta’sirini
nazorat qilish bilan tosh bloklarni massivdan ajratishning texnologik
muammosini hal qilishdir. Tadqiqot davomida buzuvchi instrumentning
shakli va o‘lcham parametrlari, yuklamani qo‘llash chastotasi va tezligi
nazariy jihatdan asoslangan. Ushbu tadqiqot quyidagi muhim muammolarni
hal etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tog‘ jinslarini buzish uchun yuqori samarali
mashinalar yaratishga zamin hozirlaydi: a) buziladigan muhit xususiyatlari
ta’sir energiyasining uzatish jarayoni ko‘rsatkichlariga ta’sirini miqdoriy
baholash va optimal parametrlarni tanlash: b) zarba mashinalarining
ishchi organlari va ularning oqilona qo‘llash sohasini tanlash; d) buzuvchi
zarbaning samaradorligiga vaqt va dinamik takrorlanish ta’sirini baholash;
e) zarbli buzish jarayoni nazariyasini ishlab chiqish asosida buzish jarayoni
va mashinalarning individual parametrlarini optimallashtirish. Mazkur
yondashuv tog‘ jinslarini buzishda yuqori samarador, ishonchli va energiya
tejovchi mashinalar yaratishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunday mashinalar
turli mustahkamlikka ega tog‘ jinslari bilan ishlash imkonini beradi.