Maqolaga qo`yiladigan talablar
“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish”
xalqaro ilmiy-texnikaviy jurnali tahririyatiga taqdim etiladigan
ilmiy maqolalarga qoʻyilgan
TALABLAR
- Ilmiy maqolaning hajmi (ilmiy maqolaning turiga qarab) 20-60 ming bosma belgi (taxminan 10 betdan 25 betgacha); formati – A4, kitob shaklida; hoshiyasi odatdagidek: chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm; shrift – Times New Roman, rangi – qora, shriftning kattaligi – 14; 1,0 oraliqda.
- Jurnalga taqdim etilayotgan ilmiy maqola boshqa nashrlarda chop etilmagan boʻlishi lozim. Shuningdek, originallik darajasi (antiplagiat dasturi orqali tekshiriladi) 65 %dan kam boʻlmasligi lozim. Bunda foydalanilgan matn manbalariga havolalar keltirish shart. Oʻz-oʻziga iqtibos keltirish – barcha manbalarning 10 %idan koʻp boʻlmagan holda ruxsat etiladi.
- Ilmiy maqolaning matni quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:
Texnika fanlari (ixtisoslik shifri)
UDC (UO‘K):
MAQOLANING SARLAVHASI
Maqola muallifi:
Familiyasi, ismi, otasining ismi (toʻliq, pasport boʻyicha),
ilmiy darajasi, unvoni (agar boʻlsa), ish joyi (toʻliq), lavozimi (toʻliq)
ORCID:
elektron pochta manzili
aloqa telefonlari
Har bir hammuallif haqidagi ma’lumotlar alohida ko‘rsatiladi (aynan yuqoridagidek)
Annotatsiya. ….
Kalit soʻzlar: .…
Yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlar shu tartibda
oʻzbek, rus va ingliz tillarida boʻlishi kerak
MAQOLA MATNI
- Sarlavha maqolaning eng muhim qismlaridan biri boʻlib, unda mavzu aniq aks etishi lozim. Sarlavha mavhum yoki umumiy fikrlar orqali bayon etilmasligi, akademik uslubda yozilishi, ilmiy izlanish mavzusi negizida yotgan asosiy muammo va masala(lar)ning taklif etiladigan yechimini ifodalashi zarur. Ilmiy maqola sarlavhasida qoʻllaniladigan soʻzlar miqdori 10-12 tadan, kalit soʻzlar esa 1-2 tadan oshmasligi kerak. Sarlavhada faqat umumqabul qilingan abbreviatura (qisqartma)larni qoʻllash mumkin.
Annotatsiyada tadqiqot mavzusining ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari haqidagi maʼlumotlar keltirilishi zarur, yaʼni maqolaning qisqacha mazmuni va tavsifi beriladi.
Annotatsiya tarkibiy jihatdan maqola mazmunining quyidagi jihatlarini oʻz ichiga olishi kerak:
- tadqiqotning predmeti, mavzusi, maqsadi, dolzarbligi, muammoning qoʻyilishi;
- tadqiqot metodi/metodologiyasi;
- ishning natijalari;
- natijalarning qoʻllanish sohasi;
- xulosalar.
Yuqoridagi kompozitsiya asosida annotatsiya bir butun matn koʻrinishida yoziladi, abzaslarga, boʻlimlarga ajratilmaydi.
Annotatsiya hajmi 150-250 ta soʻz atrofida boʻlishi lozim. Unda ortiqcha, keraksiz soʻzlarni ishlatish, batafsil tavsiflar keltirish, maqoladagi gaplardan nusxa koʻchirish, sarlavhani aynan yozish, qisqartmalarni qoʻllash, manbalarga havola (ssыlka)lar keltirish mumkin emas.
6. Ilmiy maqolaning semantik oʻzagi (asosi, mohiyati)ni tashkil qiluvchi kalit soʻzlar tadqiqot mavzusini tavsiflash va taʼriflash uchun zarur sanaladigan muhim tushuncha va kategoriyalar roʻyxatidir. Amalda ushbu soʻzlar internet tizimida maqolani izlab topishda yordam beradi. Shu boisdan ham ilmiy maqola(lar)ni tayyorlash vaqtida mavzuning semantik yadrosiga alohida eʼtibor berish darkor.
Maqolaga beriladigan kalit soʻzlar 6-8 ta atrofida boʻlib, umumiydan xususiyga qarab tartiblangan boʻlishi, yaʼni mavzu va muammoga tegishli kalit soʻzlardan boshlanib, tadqiqot obyekti va predmetiga taalluqlilari bilan tugallanishi lozim. Kalit soʻzlar sifatida neologizmlar, uzun soʻz birikmalar, gapning uyushiq boʻlaklari ishlatilmaydi.
7. Ilmiy maqola matni quyidagi talablar asosida tayyorlanadi:
- Har bir rasm va jadval raqamlanishi, rasmosti va izoh so‘zlari yozilgan bo‘lishi kerak. Rasmlar hamda jadvallarga tegishli yozuv va izohlar ularga biriktirilmagan holda, alohida bo‘lishi lozim. Jadvallar va raqamlar tartib bilan raqamlanishi hamda matnda ularga havola berilishi zarur.
Rasmlar hamda jadvallar alohida tartibda raqamlanadi. Agar maqolada faqat bitta rasm yoki jadval mavjud bo‘lsa, ular raqamlanmaydi. Grafik va diagrammalar (ular rasmlar deb ataladi!) rangli ko‘rinishda ham, oq-qora ko‘rinishda ham birday mazmunli, ma’lumotga boy bo‘lishi lozim.
Rasm va jadvallar quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
Maqoladagi jadval (sxema)ning nomi markaz boʻylab tenglashtiriladi. Bunda “Jadval” soʻzi sahifaning oʻng chekka tomoniga joylashtiriladi.
Birinchi qatordagi soʻzlar (jadvalning nomlanishi, birinchi ustuni) toʻq qora rang bilan ajratiladi, keyingi satrlar oddiy 10-shriftda boʻladi.
Jadval yoki 1-jadval
(Jadvalning nomi)
(12 shrift, toʻq qora rangda, gap oxirida nuqtasiz)
Namuna:
Jadvalga kiritilgan maʼlumotlarning mohiyati aniq, qisqa va loʻnda aks ettirilishi lozim.
- Jurnal tahririyati mualliflarga adabiyotlar roʻyxatini (REFERENCES) oxirgi 5-10 yil ichida nashr etilgan zamonaviy ilmiy (!) axborot manbalari (ilmiy maqolalar, ilmiy konferensiyalar tezislari, dissertatsiyalar, avtoreferatlar)dan foydalanilgan holda tuzishni tavsiya qiladi.
Havolalar matn ichida APA xalqaro iqtiboslik formatida: qavs ichida manba mualliflari va nashr yili bilan birga keltiriladi.
Ma’lumot uchun: APA uslubida iqtibos keltirish tamoyillari bilan https://apastyle.apa.org/ saytida batafsil tanishish mumkin.
Namuna:
Maqolada kamida 20 ta manba va adabiyotlarga havolalar keltirilishi kerak.
Xorijiy adabiyotlarga havolalar 50% dan kam boʻlmasligi kerak.
Ilmiy manbalar DOI raqami bilan keltirilishi maqsadga muvofiq.
Maqolada rasmiy hujjatlarga havolalar keltirilmaydi, ular matnning oʻzida, toʻliq holda: sana, raqam va nomi bilan yoziladi.
Namuna: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi PF-124-son “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq...
REFERENCESning APA uslubiga muvofiq rasmiylashtirish namunasi:
REFERENCES
- Atkins, K., & Thompson, M. (2011). Еffect of textile hygroscopicity on stratum corneum hydration, skin erythema and skin temperature during exercise in the presence of wind and no wind. Discipline of Exercise and Sport Science, 9(2), pp. 100-108. (ingliz tilida chop etilgan jurnaldan olingan maqolaga havola)
- Chen, Q., & et al. (2011, April). An alternative criterion in heat transfer optimization. Proceedings of the Royal Society a Mathematical Physical and Engineering Sciences, 467(2128), pp. 1012-1028. doi:10.1098/rspa.2010.0293 (ingliz tilida chop etilgan jurnaldan olingan, DOI raqamiga ega maqolaga havola)
- Kozlowski, R. (2012). Handbook of textile fibers. Natural fibers (Series in Textiles ed.). Woodhead Publ. (ingliz tilidagi kitobga havola)
- gov.uz. (2019). Concept for the development of the automotive industry of the Republic of Uzbekistan until 2025 (the project). [In Uzbek]. Portal for discussion of draft regulatory legal acts. https://regulation.gov.uz/uz/document/4087 (veb-manzil ko‘rsatilgan holda o‘zbek tilidagi konsepsiya loyihasiga havola)
- Ueda, H., & Havenith, G. (2005). The effect of fabric air permeability on clothing ventilation (Elsevier Ergonomics Book Series ed., Vol. 3). Elsevier. ( ingliz tilidagi ko‘p jildli kitobga havola)
- Ubaydullayev, S. Q. (2022). Study of the work of the NPM-69-M block compatibility scheme. (In Uzbek). Journal of Advanced Research and Stability, 02 (01), 13–16. https://www.researchgate.net/publication/357671916_3_NPM-69-M_Blokning_Muvofiqlik_Sxemasi_Ishini_Tadqiq_Etish (veb-manzil ko‘rsatilgan holda jurnaldagi oʻzbek tilidagi maqolaga havola)
- Еrmakova, I. (2006). Clothing hygiene. [In Russian]. Vladivostok. ( rus tilidagi kitobga havola)
- Gordon, M. A., Movshin, A. A., Kovkin, A. N., Abramov, O. A., & Sedykh, D. V. (2019). Application of Modern Microelectronic Technology in Marshalling Process of Railway Stations. Proc. 2019 IEEE East-West Design & Test Symposium (EWDTS) (pp. 1–6). Batumi, Georgia. https://doi.org/10.1109/EWDTS.2019.8884384 (ingliz tilidagi ilmiy konferensiya ma’ruzasi tezislariga havola)