Jurnalning asosiy maqsadi – respublikamiz hamda xorijda fan va texnologiyalar sohasida olib borilayotgan islohot va innovatsiyalarning mazmun-mohiyatini targʻib qilish, jahonda texnika fanlari yoʻnalishlariga doir amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda davlat ilmiy dasturlari doirasida barcha fan sohalari boʻyicha bajarilayotgan loyihalar natijalarini yoritish.

Jurnalning asosiy vazifalari:
Jurnal tahririyatiga kelib tushgan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy, ilmiy-metodik maqolalar va adabiyotlar sharhlarini nashrga tayyorlash;
Jurnalning sifatli, oʻz vaqtida va xalqaro darajada nashr etilishini ta’minlash;
Jurnalda nashr etilgan ilmiy maqolalarni ilmiy-texnik elektron ma’lumotlar bazalarida indeksatsiyalash;
xalqaro ilmiy hamjamiyatning professional doiralarida, shuningdek, yosh olimlar oʻrtasida Jurnalga boʻlgan doimiy qiziqishni shakllantirish, nashrga boʻlgan talabni oshirish.