SHOLINING GULJAHON NAVI O‘SIB RIVOJLANISHIGA URUG‘ EKISH VA AZOTLI MADAN O‘G‘ITLAR MEYORLARINING TASIRI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada sholining Guljahon navining dala unuvchanligi, ko‘chat qalinligi, saqlanuvchanligi, o‘sishi, barg sathi va quruq massa shakllanishiga turli urug‘ ekish va azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me'yorlarining ta'siri bayon etilgan. Urug‘ ekish me'yori gektariga 3 mln donadan 6 mln donaga ortib borganda, dala unuvchanligi 17,9 foizga kamaygan, o‘rim-yig‘im davrigacha ko‘chat saqlanuvchanligi 2,4 foizga ortgan. Azotli o‘g‘itlar me'yori N90dan N150gacha ortib borganda, dala unuvchanligi 1,9 foizga ortib, o‘rim-yig‘im davrigacha ko‘chat saqlanuvchanligi 2,3 foizga kamaygan. Urug‘ ekish me'yori bilan o‘simlik bo‘yi (r = 0,49) va to‘g‘ri korrelyatsiyada, bir o‘simlik barg sathi (r = – 0,67) va bir o‘simlik quruq massasi (r = – 0,73) teskari korrelyatsiyada, oziqlantirish me'yori bilan bir o‘simlikning barg sathi (r = 0,64), bir o‘simlik quruq massasi (r = 0,55), o‘simlik bo‘yi (r = 0,88) to‘g‘ri korrelyatsiyada bo‘lgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Qalandarov , B. (2021). SHOLINING GULJAHON NAVI O‘SIB RIVOJLANISHIGA URUG‘ EKISH VA AZOTLI MADAN O‘G‘ITLAR MEYORLARINING TASIRI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(2), 43–49. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/101
Ko'rishlar soni: 27

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari