A TURDAGI ZAMONAVIY SEOLITLI (4A) QURITUVCHI ADSORBENTLARNI SINTEZLASHNING BAZI JIHATLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Adsorbentlar ishlab chiqarish sohasidagi zamonaviy qarashlardan biri yuqori mexanik mustahkamlik va adsorbtsion xossalar majmuiga ega seolitlar ishlab chiqishdir. LTA (NaA va uning almashinish formalari), FAU (NaX, NaY va ularning almashinish formalari) seolitlarini sintez qilish uchun asosiy xomashyo materiallari sifatida natriy alyuminat va natriy silikat, shu jumladan, kaolindan keng foydalaniladi. Ushbu ishda kaolinitni qayta kristallash usuli bilan olinayotgan A turdagi seolit adsorbentlari xossalariga xomashyo komponentlarining ta'siri o‘rganilgan. Tadqiqotning maqsadi katta miqdorda mineral zarralari (kvarts, gidroslyudalar) mavjud xomashyolardan foydalanib, kristallash usuli bilan A turdagi seolit adsorbentlarini sintez qilish texnologiyasini ishlab chiqishdir. Angren kaolini va Buxoro NQIZ chiqindisi sifatida ishlatilgan oksid alyuminiy adsorbentidan foydalanib sintez qilingan seolit adsorbentlari namunalari tavsiflari keltirilgan. Umuman olganda, ish texnologik maqsadlarda foydalaniladigan uglevodorod va boshqa turdagi gazlarni quritish seolitli adsorbentlarini ishlab chiqarish uchun kaolinitlar hamda chiqindi oksid alyuminiyni turlicha biriktirilib seolitli adsorbentlar olishga mo‘ljallangan. Ishlatilgan alyuminiy oksidi asosida tayyorlangan natriy alyuminat eritmasi qo‘shilib, avvaldan shakl berilgan granulalarni kristallash reaktsiya aralashmalaridan foydalanilganda, qiziqarli ma'lumotlar olingan. Olingan namunalar kompozitsion hisoblanib, faqatgina yuzasida benzolni adsorbtsiya qilish xossalariga egaligi va yuqori tezlikda desortsiyalanishi ko‘rsatildi. Ishlab chiqilgan texnologiya keng qamrovli adsorbtsiya-desorbtsiya xossalariga ega seolitli adsorbentlar olish imkonini beradi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Yunusov М., G‘ulomov Ш., Sultanov А., Gashenko Г., & Isayeva Н. (2021). A TURDAGI ZAMONAVIY SEOLITLI (4A) QURITUVCHI ADSORBENTLARNI SINTEZLASHNING BAZI JIHATLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(2), 58–68. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/104
Ko'rishlar soni: 17

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari