MATLAB – SIMULINK YORDAMIDA TOK QABUL QILGICHNING TOK O‘TKAZUVCHI ELEMENTI YEYILISHINI MODELLASHTIRISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi sharoitida yuk elektrovozlarining tok qabul qilgichning diagnostik parametrlarini aniqlash uchun tok qabul qilgichning tok o‘tkazuvchi elementi yeyilishining matematik modeli keltirilgan. Hozirgi tok qabul qilgich va kontakt tarmog‘i o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sirni aniqlaydigan mavjud matematik modellar massalari kamaytirilgan ko‘p o‘lchovli modellar shaklida ko‘rib chiqiladi. Matematik modellarni yechish uchun Matlab – Simulink dasturi vositalaridan foydalanish mumkin. Bu dastur matematik modellarni yechishda komputer dasturlaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni ko‘p vaqt sarf qilmasdan yuqori aniqlikda amalga oshirish imkonini beradi. Simulyatsiya paytida “tok qabul qilgich – kontaktlanuvchi tarmoq” tizimi ikki erkinlik darajasiga ega bo‘lgan ikki o‘lchovli model sifatida olindi. Simulyatsiya natijalari asosida “tebranish harakatining tezlanishi” diagnostika parametri aniqlandi. Bunday parametrni topish tok qabul qilgich elementining kontakt tarmog‘i bilan o‘zaro aloqada tebranish siljishlariga asoslanadi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Mirsaitov , M., Abduraxmаnov B., & Vikulov , I. (2021). MATLAB – SIMULINK YORDAMIDA TOK QABUL QILGICHNING TOK O‘TKAZUVCHI ELEMENTI YEYILISHINI MODELLASHTIRISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(2), 77–84. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/106
Ko'rishlar soni: 16