O‘ZBEKISTON SHAROITIDA SABZI KOVLAGICH ELEVATORI ISHCHI ORGANLARINING PARAMETRLARINI ASOSLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, tuproqning fizik-mexanik xususiyatlari o‘zgaruvchanligi sababli sabzini kovlagichlar bilan yig‘ishtirish vaqtida qattiq kesaklar hosil bo‘lib, ildizmevalardan ajralmay qoladi va elaklanish texnologik jarayonini murakkablashtiradi. Bu esa mashinalarning ortiqcha yuklanishiga olib keladi. Kovlagich elevatorining elaklash qobiliyatini yaxshilash maqsadida panjarali yumshatkich nomli ishchi organni ishlab chiqdik. Tadqiqotning maqsadi – tuproq uyumining elevator kengligi bo‘ylab teng taqsimlanishini ta'minlaydigan va ildizmevalarni eng kam zararlagan holda aralashmalarning to‘liq elaklanishini yaxshilaydigan sabzi kovlagichning panjarali yumshatkichi parametrlarini asoslashdir. Sabzi kovlagich panjarali yumshatkichining geometri va kinematik parametrlarini o‘rganib chiqdik. Sabzi pushtalarining fizik-mexanik xususiyatlarini o‘rganish natijasida mexanizmning konstruktiv parametrlari va uning kinematik ko‘rsatkichlarini nazariy jihatdan asosladik. Panjarali yumshatkich elevatordagi tuproq qatlami bilan o‘zaro ta'sirlanganda, tuproq kesaklarining maydalanish jarayoni yuz beradi. Tuproqning yumshatilishi esa quyidagi parametrlar bo‘yicha bo‘lishi aniqlandi: yumshatkich radiusi – 9,5 sm dan katta emas, valning joylashish balandligi – 20 sm, yumshatkich parragining yuklangan qismi – 6 sm, panjarali yumshatkich kengligi – 47 sm. Panjarali yumshatkichlarning sabzi ildizmevalarining shikastlanish va yo‘qotishlarsiz tuproq qatlamidan intensiv ravishda elaklanishiga yordam berishi tadqiq etildi. Panjarali yumshatkichning aylanish tezligi sekundiga 2,5 m dan oshmasligi zarurligi, elaklanishni jadallashtirishning kinematik rejimi – 2,5, yumshatkich radiusi esa 9,5 sm dan oshmasligi kerakligi aniqlandi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Chorshanbiyev , R. (2021). O‘ZBEKISTON SHAROITIDA SABZI KOVLAGICH ELEVATORI ISHCHI ORGANLARINING PARAMETRLARINI ASOSLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(2), 85–91. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/107
Ko'rishlar soni: 30