O‘ZBEKISTONDAGI OQAVA SUVLARNI TOZALASH INSHOOTLARINI REKONSTRUKTSIYA QILISH USULLARINI TANLASHGA TASIR ETUVCHI OMILLAR

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada oqava suvlarni tozalash inshootlarining holati atrof-muhitning ekologik xavfsizligi va barqarorligi omili sifatida ko‘rib chiqilgan. Muhandislik kommunikatsiyalari, xususan, kanalizatsiya tizimlarining atrof-muhitga salbiy ta'sirining oldini olish va bir qator ekologik muammolarni bartaraf etish o‘tgan asrning o‘rtalarida hamda mustaqillikdan oldin barpo etilgan oqava suvlarni tozalash inshootlarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish bilan bevosita bog‘liq. Shundan kelib chiqib, respublikadagi jami oqava suvlarni tozalash inshootlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar hududlar kesimida tahlil qilingan. Shuningdek, oqava suvlarni tozalash inshootlarining ishlash samaradorligi qurilgan yiliga qarab 1955-1980, 1955-1980, 1981-2000, 2001-2020 yillar kesimida o‘rganilgan, ularning ishlash samaradorligi yuqori emasligining sabablari tahlil qilingan. Oqava suvlarni tozalash inshootlarini rekonstruktsiya qilish orqali tozalangan suv sifatining talab darajasiga muvofiqligi va shu bilan birga, moliyaviy xarajatlarni kamaytirishga erishish juda muhimligiga e'tibor qaratilgan. Oqava suvlarni tozalash inshootlarini tiklash va rekonstruktsiya qilish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan qator tashkiliy, texnologik, texnik va iqtisodiy tadbirlar to‘g‘risida so‘z yuritilib, ularni amalga oshirish bosqichlari sxematik ko‘rinishda keltirilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi oqava suvlarni tozalash inshootlarini rekonstruktsiya qilish usullarini tanlashga ta'sir qiluvchi omillar ko‘rsatib o‘tilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Azimov , A., & Oxremenko , I. (2021). O‘ZBEKISTONDAGI OQAVA SUVLARNI TOZALASH INSHOOTLARINI REKONSTRUKTSIYA QILISH USULLARINI TANLASHGA TASIR ETUVCHI OMILLAR. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(2), 92–98. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/108
Ko'rishlar soni: 9