MUHANDIS-GEOLOGIK MASALALARNI YECHISHDA GEOFIZIK USULLARNI MAJMUALASH (PISTALITOV TOG‘OLDI HUDUDI MISOLIDA)

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Bugungi kunda O‘zbekistonda “bino va sanoat inshootlari qurilishi” sohasi jadal rivojlanishi natijasida zamonaviy inshootlar qurish uchun yangi maydonlarga bo‘lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Sanoat inshootlari uchun kam aholi yashaydigan va ekologik toza hududlar tanlanib, qurilish sifatini yaxshilash hamda bino va inshootlarning mustahkamlik darajasini oshirish maqsadida tanlab olingan maydonlar mufassal zamonaviy geofizik usullar bilan tadqiq qilinmoqda. Shu munosabat bilan ushbu maqola Pistalitov tog‘oldi hududida qurilishi mo‘ljallangan bino va sanoat inshootlarini loyihalash hamda qurishda sayozchuqurlik geofizikasidan foydalangan holda hududning geologik tuzilishi va geofizik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot maydonida seysmorazvedkaning singan to‘lqinlar va elektrorazvedkaning vertikal elektr zondlash kabi muhandis-geofizik usullaridan foydalanildi. Amalga oshirilgan geofizik ishlar natijasida singan to‘lqinlar usuli yordamida bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlarning tarqalish tezligi hisoblanib, muhitning seysmik xususiyatlari hamda vertikal elektr zondlash usuli yordamida to‘rtlamchi davr yotqiziqlarining qalinliklari va tog‘ jinslarining solishtirma elektr qarshiliklari aniqlandi. Mualliflar tadqiqot natijalariga ko‘ra muhitning tezlik modellari, qaytaruvchi chegaralar xaritasi va tadqiqot maydonining geoelektrik kesimlarini qurishdi. Yuqoridagi ishlar natijasida olingan ko‘ndalang to‘lqinlar tezligi, yer qatlamlarining zichliklari hamda yer osti suvlarining sathi kabi geofizik ma'lumotlar Pistalitov tog‘oldi hududiga qurilishi mo‘ljallangan bino va sanoat inshootlarini loyihalashda muhim parametrlar sifatida qo‘llaniladi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Oripov , N., & Zakirov , A. (2021). MUHANDIS-GEOLOGIK MASALALARNI YECHISHDA GEOFIZIK USULLARNI MAJMUALASH (PISTALITOV TOG‘OLDI HUDUDI MISOLIDA). ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(1), 39–46. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/118
Ko'rishlar soni: 28