KONTAKTSIZ O‘LCHOV TEXNOLOGIYASINING AVTOMOBILLAR ULANUVCHI QISMLARI ORALIQ MASOFASINI YARIM AVTOMATIK TIZIMI PROTSESSIDA QO‘LLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqola infraqizil lazer va raqamli kamera asosida avtomobil kuzovidagi oraliq masofalarni o‘lchash uskunasidan foydalanish tahliliga bag‘ishlangan. Tizimning ajralmas qismi smartfon bo‘lib, u kamera va ma'lumotlar bazasi, infraqizil lazer esa o‘lchov vositasi sifatida ishlatiladi. Oraliq masofani o‘lchash usuli lazer triangulyatsiyasiga asoslangan. Smartfondagi kamera avtomobil kuzoviga yo‘naltirilgan lazer liniyasini rasmga oladi va raqamli filtrlardan o‘tkazadi. Hisob-kitoblar maxsus algoritm asosida xizmat qiluvchi kompьyuterda bajariladi. Tajribalar laboratoriya sharoitida haqiqiy avtomobil kuzovida olib borildi. Ushbu texnologiya ishlab chiqarish jarayonida qo‘lda operatorlar tomonidan o‘lchash uchun samarali analog sifatida ishlay oladi. Olingan natijalar inson omilini bartaraf etish va ishlab chiqarish jarayonida yarim avtomatik o‘lchash tizimini amalga oshirishga yordam beradi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Xolxo‘jayev , J., Abdukarimov , N., & Mavlonov , J. (2021). KONTAKTSIZ O‘LCHOV TEXNOLOGIYASINING AVTOMOBILLAR ULANUVCHI QISMLARI ORALIQ MASOFASINI YARIM AVTOMATIK TIZIMI PROTSESSIDA QO‘LLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(1), 47–58. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/119
Ko'rishlar soni: 25