SUYUQ KRISTALLI INDIKATORI MAVJUD BO‘LGAN MASOFAVIYSTVOROFIKSATOR

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada muhandislik hamda gidrostatik kuchlanish ishi bilan bir-biridan farq qiladigan har xil konstruktsiyali gidrotexnik inshootlarning cho‘kindilar va deformatsiyalar nazorati vaqtida stvor o‘lchovlarning avtomatlashtirish darajasini oshirish masalasi ko‘rilgan. Fotoelektrik va optik-elektron ro‘yxatdan o‘tkazuvchi uskunalar, shuningdek, difraktsion, dispersion, interferents usullari, mexanik skaner tugunlarini qo‘llash tuzilmalari bilan birgalikda vizual-optika asboblar va zamonaviylashgan lazer, svetodiod infraqizil va boshqa nurlanish manbalarini taqqoslovchi tahlil o‘tkazildi. Suyuq kristallar nazariyasi, uning asosiy tavsiflari, anizotropiya va fizik xususiyatlari, konstruktsiyalar, energohajm parametrlari, og‘irligi, gabarit o‘lchovlari bo‘yicha ustunligi qisqa bayon etilgan. Masofadan boshqarish va ma'lumotlarni olish usuli ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida stvor o‘lchovlari uchun suyuq kristalli, masofadan boshqariladigan va boshqalarga qaraganda kam energohajmli, kichik gabariti va og‘irligi, ishlatishda yuqori darajali qulayligi bilan farq qiladigan uyali telefonni o‘rnatishga mo‘ljallangan pristavkadan foydalanilgan indikatori mavjud bo‘lgan geodezik uskunaning texnik yechimi taklif etilgan. Mazkur uskunadan qurilishda yuqori aniqlikdagi stvor o‘lchovlarini bajarishda, yirik muhandislik inshootlari – plotina, ko‘priklar, tirgovich devorlar gorizontal deformatsiyalarini aniqlashda, ko‘rsatkich yo‘llarni tekshirishda, texnologik uskunalarni bazaviy nuqtalari bo‘yicha loyihaviy holatiga o‘rnatishda, sanoat konveyrlar montaji va boshqa geodezik-muhandislik ishlarini bajarishda foydalanish mumkin.

Mualliflar haqida

How to Cite

Zahidov Н., Nurmuxamedova Г., & Samborskiy А. (2021). SUYUQ KRISTALLI INDIKATORI MAVJUD BO‘LGAN MASOFAVIYSTVOROFIKSATOR. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(1), 67–74. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/121
Ko'rishlar soni: 55