YO‘LOVCHINING MANZILGA YETIB BORISH VAQTI VAUNGA TASIR ETUVCHI KO‘RSATKICHLAR
Abstrakt
Jamoat transportida yo‘lovchilarning manzilga yetib borish uchun sarflaydigan vaqti uning xizmat ko‘rsatish sifatini belgilovchi asosiy mezonlardan sanaladi. Jamoat transporti harakati oldindan ishlab chiqilgan jadvaldan chiqib ketsa, yo‘lovchilar manziliga o‘z vaqtida yetib bora olmaydi, natijada undan foydalanish darajasi pasayadi. Mazkur masalaning ilmiy yondashuvi yo‘lovchining manzilga yetib borish vaqtini integral baholash mezonini ishlab chiqish, keyin alohida parametrlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi. Ushbu maqola yo‘lovchining manzilga yetib borish vaqtini integral baholash mezonini ishlab chiqish hamda alohida parametrlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.