AKSELEROMETR YORDAMIDA TOK QABUL QILGICHNING TOK UZATUVCHI KIRGIZMA HOLATINI ANIQLASH
Abstrakt
Maqolada tok qabul qilgichlarning ishonchliligini oshirish, shuningdek, ularga xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish maqsadida akselerometr yordamida yuk elektrovozlari tok qabul qilgich tok uzatuvchi kirgizmalarini aniqlash usuli keltirilgan. Tok uzatuvchi kirgizmalarning holatini aniqlash uchun diagnostik parametrlar hamda diagnostik parametrlarning turli qiymatlarida tok uzatuvchi kirgizma yeyilish turlarini aniqlash usuli keltirilgan. Tok uzatuvchi kirgizmalarning holatini aniqlash usuli kirgizmalarning tebranish harakatlariga asoslangan. Tok qabul qilgich ishlashi paytida tok uzatuvchi kirgizma yeyilishi sodir bo‘ladi va bu kirgizma massasi pasayishiga olib keladi. Massa o‘zgarganda, kirgizmaning tebranish tezligi o‘zgaradi. Vibratsiyali tezlanishning o‘zgarishi akselerometr yordamida baholanadi. Akselerometrlarni tok qabul qilgichga osongina o‘rnatish mumkin. Ular kichik o‘lchamlari va vazni tufayli tok qabul qilgichlarning ishlashiga ta’sir qilmaydi. Ilmiy bayonotlar va natijalarning ishonchliligi nazariy jihatdan asoslandi hamda eksperimental tadqiqotlar bilan tasdiqlandi. Barcha nazariy va eksperimental tadqiqotlar laboratoriya sharoitida o‘tkazildi.