INTELLEKTUAL TIZIMLAR ASOSIDA TALIMNI BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH XUSUSIYATLARINING TAHLILI VA TIZIM ARXITEKTURASI
Abstrakt
Axborot-kommunikatsion tizimlar har qanday jarayonning samaradorligini oshirishda eng muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda ta'lim boshqaruvi axborot jamiyatining talablariga muvofiq ravishda isloh qilinishi lozim. Ushbu maqolada muallif o‘quv jarayonini boshqarishda intellektual axborot tizimini tashkil etish va rivojlantirish xususiyatlarini tahlil qilishga va intellektual tizimlarga asoslangan markazlashtirilgan ta'lim tizimini boshqarish arxitekturasini yaratishga harakat qildi. Maqolada boshqaruvning an'anaviy shakllaridan farqli o‘laroq, boshqaruvning intellektual tizimi haqida asosiy tushunchalar muhokama qilinadi va o‘rganiladi, bilimlar iqtisodiyotida markazlashgan boshqaruv tizimi arxitekturasi taqdim etiladi. Ta'limni boshqarish tizimiga intellektual tizimlarning kirib borishi kelajakda muqarrar jarayon ekanligi va shuning uchun bunday tizimlarni loyihalashtirishga jiddiy yondashish zarurligi to‘g‘risida xulosa qilingan.