IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH VA TARKIBIY O‘ZGARISHLAR SHAROITIDA AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISHNING UZOQ MUDDATLI STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH VOSITALARI VA ASOSIY MASALALARI
Abstrakt
Maqolada aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya asoslari, O‘zbekiston iqtisodiyotini uzoq muddatli modernizatsiya qilish hamda turmush darajasining xalqaro standartlar (Barqaror rivojlanish maqsadlari)ga moslashuvchanligi sharoitida aholi farovonligini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishning muhimligi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, aholi turmush darajasini oshirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish vositalari va mexanizmlari taklif etilgan, jumladan, maqsadli-dasturiy yondashuv, hayot darajasi ko‘rsatkichlarini prognozlashtirish (monitoring)ning interfaol tizimi, boshqaruv rejasi, rivojlanishning potentsial yo‘nalishlari, maqsadga erishishning optimal yo‘llarini ko‘rsatuvchi ijtimoiy yo‘l xaritasi keltirilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil usullari, ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasini oshirishning asosiy indikatorlari ishlab chiqilib, ular ijtimoiy sohadagi mavjud vaziyatni tahlil qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavf-xatarlarning ijobiy va salbiy oqibatlarini aniqlash, turmush darajasini strategik rejalashtirish uchun maqsad va vazifalar bilan uyg‘unlikda turli xil stsenariy va variantlarni strategik shakllantirishga imkon beradi.