O‘ZBEKISTONDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI: ZAMONAVIY VA ISTIQBOLLI ENERGETIKA

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar iqtisodchi olimlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha ilmiy asarlari o‘rganilgan. O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energetika salohiyati iqtisodiy jihatdan baholangan va mamlakatimiz energetika siyosati oldidagi muhim vazifalar tahlil etilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning iqtisodiy jihatlari o‘rganilgan va qayta tiklanadigan energiya rivojlanishining asosiy tendentsiyalari bayon qilingan. Yalpi ichki mahsulot, gaz va ko‘mir qazib olish omillarini inobatga olgan holda ekonometrik tahlillar asosida mamlakatimizda elektr energiya ishlab chiqarish hajmining prognozlari amalga oshirilgan. Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilgan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini oshirish bo‘yicha xulosalar va takliflar berilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Zokirov , S. (2020). O‘ZBEKISTONDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI: ZAMONAVIY VA ISTIQBOLLI ENERGETIKA. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(1), 24–31. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/127
Ko'rishlar soni: 35