AKTSIYADORLIK JAMIYATLARINING KAPITAL QIYMATINI BAHOLASHDA CHEGIRMAVIY PUL OQIMLAR USULIDAN FOYDALANISHDAGI MUAMMOLAR

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada aktsiyadorlik jamiyatining kapital qiymatini baholashda chegirmali pul oqimlari usulidan foydalanishning ilmiy-nazariy jihatlari bayon etilgan bo‘lib, rivojlangan mamlakatlarda foydalaniladigan kapital qiymatini baholashda nisbiy daromadlar usulidan foydalanishga asosiy e'tibor qaratilgan. Jumladan, «Kvarts» aktsiyadorlik jamiyatining 2015 yildan 2018 yilgacha ma'lumotlari asosida mazkur jamiyatning kapital qiymatini baholashda, xususiy kapitaldagi oddiy aktsiyalarning bozor qiymati, balans qiymati va aktsiyadorlik jamiyatlarining dividendlari tahlil qilinib, kapitalning bozor qiymati aniqlangan. Bundan tashqari, tadqiqotda aktsiyadorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligini baholashda dunyoda keng qo‘llaniluvchi mulьtiplikator koeffitsiyentlari tahlili ham keltirilgan. Bu esa, o‘z navbatida, aktsiyadorlik jamiyati kapital qiymatini baholashdagi fundamental tahlilni yoritib beradi. Shuningdek, aktsiyadorlik jamiyati kapital qiymatini baholashda chegirmali pul oqimlari usulidan foydalanishdagi mavjud muammolar aniqlangan va ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Xudoyqulov , X. (2020). AKTSIYADORLIK JAMIYATLARINING KAPITAL QIYMATINI BAHOLASHDA CHEGIRMAVIY PUL OQIMLAR USULIDAN FOYDALANISHDAGI MUAMMOLAR. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(1), 32–39. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/128
Ko'rishlar soni: 49