NIZOLARNI HAL QILISHDA MEDIATSIYA INSTITUTINI QO‘LLASHNING USTUVOR JIHATLARI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada respublikamiz qonun hujjatlarida (moddiy va protsessual qonun normalarida) mustahkamlangan mediatsiya institutini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, uni amaliyotga joriy etishning qulay mexanizmlarini ishlab chiqish, mediatorlarni tayyorlash jarayoni, nizolarni hal qilishda mediativ kelishuvga erishish amaliyoti, sud va ijro ishini yuritish amaliyotida mediatsiyani qo‘llash afzalliklari hamda bu boradagi milliy va xorijiy tajribani qiyoslash, tahlil natijalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan hamda ushbu taklif-mulohazalar, xulosalar milliy va xorijiy davlatlar tajribasi va amaliyoti asosida qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasining «Mediatsiya to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar tayyorlashda, bundan tashqari, fuqarolik protsessual huquqi; iqtisodiy protsessual huquqi; hakamlik jarayoni va mediatsiya ixtisosligi bo‘yicha yangi ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalaniladi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Esanova , Z. (2020). NIZOLARNI HAL QILISHDA MEDIATSIYA INSTITUTINI QO‘LLASHNING USTUVOR JIHATLARI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(1), 40–49. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/129
Ko'rishlar soni: 19