YANGI KOLXITSIN HOSILALI K-26 VA K-26-VNING O‘SMAGA QARSHI FAOLLIGINI TAKSOL, ETOPOZID HAMDA DEKOVIN VA K-19 PREPARATLAR FAOLLIGIGA SOLISHTIRISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Yangi K-26 va K-26-v dori vositalari kolxitsin alkaloidi hosilasidan yaratilgan bo‘lib, uning xavfli o‘smaga qarshi faolligi hayvon o‘sma shtammlarida taksol, vinkristin, etopozid, shuningdek, avval kashf etilgan kolxitsin va kolxamin hosilali K-19 va dekovin dori vositalariga taqqoslashtirilgan holda o‘rganildi. Tajriba 60 ta zotsiz sichqon – Sarkoma 180 va Erlixa (SOE) o‘sma shtammida va 32 ta zotsiz kalamush – Uoker Kartsinosarkoma (KSU) o‘sma shtammida o‘tkazilgan. Barcha dori vositalari o‘sma yuqtirilgandan so‘ng sichqonlarga 10-chi kun va kalamushlarda 3-chi kun mushak ostiga terapevtik dozada 8 marotaba qo‘llanilgan. Olingan natijalarni baholash uchun standart kriteriyadan foydalanildi. Tajribada olingan natijalarga ko‘ra, K-26 va K-26-v dori vositasi o‘sma yuqtirilgan hayvonlarda taksol, vinkristin va etopozidga nisbatan yuqori faollikni namoyon qildi. Ammo ushbu dori vositasi K-19 va dekovin ta'siriga nisbatan 4-10% ga kamroq natijani ko‘rsatdi, shunga qaramay leykotsitlar sonining kamayishini sekinlashtiradi. Kichik darajadagi effekt K-19 va dekovinga nisbatan solishtirilganda K-26 dori vositasi yuqori KOEs induktsiya qobiliyatiga egaligini anglatadi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Agzamova Н., Yenikeyeva З., Ibragimov А., Abdirova А., Amonov А., Saidxodjayeva С., & Tillyashayxov М. (2020). YANGI KOLXITSIN HOSILALI K-26 VA K-26-VNING O‘SMAGA QARSHI FAOLLIGINI TAKSOL, ETOPOZID HAMDA DEKOVIN VA K-19 PREPARATLAR FAOLLIGIGA SOLISHTIRISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(1), 50–56. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/130
Ko'rishlar soni: 32

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari