SOCH KO‘CHIRISH UCHUN YANGI MAHALLIY USKUNA
Abstrakt
Maqolada ilk bor yaratilgan soch follikulalarini transplantatsiya qilish muolajasini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mahalliy uskuna o‘rganildi. Bunda baholash ob'ekti sifatida donor sohadan transplantatsiya uchun olingan soch follikulalarining yaroqliligi tahlil qilindi. Soch follikulalari transplantatsiyasi uskunasi izlanishi jinsiy yetilgan, naslsiz, bir yillik, tana vazni 200,5± 2,72 g bo‘lgan oq kalamushlarda o‘tkazildi. Soch follikulalarini olish usullarini ishlab chiqish, ularning sifati va transplantatsiyaga yaroqliligini aniqlashda vizual baholash va mikroskopiya usullaridan foydalanildi. Klinikagacha bo‘lgan izlanishlar natijalari asosida uskuna, sifati transplantatsiya uchun yaroqli deb baholangan soch graftlarini olish imkonini berishi tasdiqlandi. Uskuna konstruktsiyasi va ekspluatatsiyasi oddiyligi, yuqori effektivligi bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqilgan uskuna ishlatishga va soch follikulalarini olish operatsiyalarini o‘tkazish uchun qulay. Eksperimental izlanishlarning dastlabki natijalari shuni ko‘rsatadiki, uskuna konstruktsiyasi donor sohadan olingan soch graftlarining retsipiyent sohaga transplantatsiyasini amalga oshirish imkoniyatini ham beradi.