SAMARADOR DIAZOTROFLAR MAHALLIY SHTAMMLARINING «AVANGARD» SHOLI NAVINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TASIRI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Oxirgi yillarda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishni talab etmoqda. Bunga esa foydalaniladigan kimyoviy o‘g‘itlar miqdorining oshirilishi orqali erishilmoqda. Ulardan noratsional foydalanish natijasida tuproq va atrof-muhitga jiddiy salbiy ta'sir yetkazilmoqda. Hozirgi kunda diazotroflar kimyoviy o‘g‘itlarga nisbatan potentsial ekologik xavfsiz alternativa hisoblanadi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, sholining «Avangard» navi urug‘lariga diazotroflarning assotsiatsiyasi A.brasilense A13-5+A.brasilense A4-1+A. chroococcum 14+Azotobacter sp. 12+ Nostoc calcicola 25+Abanaena variabilis 21 bilan ishlov berish o‘simlikning o‘sish va shakllanish jarayonlarini tezlashtiradi va sholi hosildorligi 13,2% oshadi (nazorat variantda sholi hosildorligi – 72,4 s/ga bo‘lganda). Samarador diazotroflarning introduktsiyalanishi natijasida tuproqning potentsial azotfiksatsiya faolligi 81,6% ga oshdi. Olingan natijalarni faol mahalliy diazotroflar shtammlari asosida yuqori samarador va ekologik xavfsiz preparatlar ishlab chiqarish maqsadida qo‘llash respublikamizda sholidan ekologik toza mahsulot olishning zarur bosqichlaridan biri ekanligidan darak beradi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Kadirova Г., Shakirov З., Abdullayev А., Xamdamova Н., Safarov И., & Xalilov И. (2020). SAMARADOR DIAZOTROFLAR MAHALLIY SHTAMMLARINING «AVANGARD» SHOLI NAVINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TASIRI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(1), 86–94. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/136
Ko'rishlar soni: 41