SEYSMIK O‘TA CHO‘KUVCHANLIK OSTONASI VA GRUNTNING SILJISHGA QARSHILIGI ORASIDAGI BOG‘LIQLIK

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqola inshoot zaminidagi bo‘sh gruntlarning muhim dinamik chegara ko‘rsatkichi – seysmik o‘ta cho‘kuvchanlik ostonasi va u bilan bog‘liq grunt qatlamining mustahkamlik ko‘rsatkichlari tadqiqotiga bag‘ishlangan. Tebranma uskunasida o‘tkazilgan tadqiqotlar uslubi yoritilgan. Grunt bog‘lanish kuchlarining tebranish jarayonida o‘zgarishi gruntning zichligi, namligi va dinamik ta'sirning ko‘rsatkichlariga bog‘liqligi aniqlangan. Gruntning quruq, namlangan va suvga to‘yingan holatiga oid bog‘lanish kuchining chegaraviy miqdorlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari kuchli zilzilalar ta'sirida grunt qatlamida yuzaga keluvchi seysmik o‘ta cho‘kuvchanlikka qarshi tadbir belgilashda asqatadi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Rasulov Х., Rasulov Р., & Babajanov М. (2020). SEYSMIK O‘TA CHO‘KUVCHANLIK OSTONASI VA GRUNTNING SILJISHGA QARSHILIGI ORASIDAGI BOG‘LIQLIK. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(1), 105–113. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/138
Ko'rishlar soni: 68