FARMATSEVTIKA SANOATI VA IQTISODIY O‘SISH: MUNOSABATGA EMPIRIK YONDASHUV

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada farmatsevtika sanoati va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tadqiq etilgan. Bunda farmatsevtika sanoati va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘lanish “o‘zaro bog‘liqlik jadvali” va uning iqtisodiy o‘sishga bo‘lgan ta'siri Kerrich usuli asosida aniqlangan. Maqolada Kerrich usulidan foydalanishning afzalligi ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqotda xi-kvadrat statistikasi va Chuprov koeffitsiyentidan foydalanilgan. Xi-kvadrat statistikasi yordamida farmatsevtika sanoati va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganilgan. Olingan empirik tahlil natijalari farmatsevtika sanoati va iqtisodiy o‘sish o‘rtasida muhim bog‘lanish mavjud ekanligini tasdiqladi. Amalga oshirilgan empirik tahlil natijasida erishilgan ilmiy xulosalar mamlakatda farmatsevtika sanoati ishlab chiqarishini rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur'atini ta'minlash mumkinligini ko‘rsatdi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Xomidov , S. (2022). FARMATSEVTIKA SANOATI VA IQTISODIY O‘SISH: MUNOSABATGA EMPIRIK YONDASHUV. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(1), 28–35. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/14
Ko'rishlar soni: 36