O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI MONOPOL KUCHINI LERNER INDEKSI ASOSIDA BAHOLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada O‘zbekiston banklarining monopol kuchini baholashda Lerner indeksidan foydalanildi. Lerner indeksi jami xarajatlarning translog funktsiyasi asosida marjinal xarajatlar hisoblangan holda baholandi. Tahlil uchun 1999–2018 yillarda O‘zbekistonda faoliyat yuritgan banklar tanlab olindi. Tahlil yillar kesimida hamda banklarning mulkchilik shakliga ko‘ra amalga oshirildi. Vaqt o‘tgan sari banklarning monopol kuchi kamayganligi empirik isbotlandi. Mulkchilik shakliga ko‘ra banklar davlat banklari, aktsiyadorlik tijorat banklari, xususiy banklar hamda xorijiy banklarga ajratilgan holda tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, davlat banklari ko‘proq monopol kuchga ega bo‘lgan bo‘lsa, xususiy banklarning monopol kuchi esa eng past darajada ekanligi aniqlandi. Davlat bilvosita egalik qiluvchi banklarning ham monopol kuchi vaqt o‘tishi bilan pasaygan. Xorijiy banklarning o‘rtacha Lerner indeksi ham vaqt o‘tishi bilan tushgan. Ammo boshqa mulkchilik shakliga ega banklarga qaraganda xorijiy banklarning monopol mavqei oshgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Xannayev , S. (2020). O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI MONOPOL KUCHINI LERNER INDEKSI ASOSIDA BAHOLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(2), 16–23. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/141
Ko'rishlar soni: 41