LIZING XIZMATI SAMARADORLIGINI SUBEKTIV BAHOLASH USULLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Bugungi kunda moliya bozorida investitsion loyihalarni moliyalashtirishda boshqa muqobil usullardan farqli ravishda lizing xizmatlari samaradorligini baholashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi. Lizing mexanizmi orqali asosiy vositalarni modernizatsiyalash uchun investitsiyalar hajmini oshirish, uning imkoniyatlarini yanada kengaytirish ushbu faoliyat samaradorligini baholash orqali ta'minlanadi. Shu sababli lizing operatsiyasi barcha ishtirokchilari uchun ushbu xizmat turining samaradorligini aniqlash usullarini qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqolaning maqsadi sifatida belgilandi. Ushbu maqsadga erishish uchun lizing operatsiyasi har bir ishtirokchisi uchun asosiy vositalarni moliyalashtirish usullari sifatida kredit va lizingdan foydalanishda kuzatiladigan pul oqimlari tahlil qilindi. Shuningdek, korxonalarni modernizatsiyalashga moliyaviy resurslarni lizing orqali jalb qilishning metodologik jihatlarini baholashning kompleks tizimi taklif etildi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Latipova , S. (2020). LIZING XIZMATI SAMARADORLIGINI SUBEKTIV BAHOLASH USULLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(2), 34–51. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/143
Ko'rishlar soni: 24