SHO‘RLANISH SHAROITIDA G‘O‘ZANING OKSIDLANISH JARAYONLARIGA DAG-1 VA DAG-2 TABIIY ASOSLI PREPARATLARINING TASIRI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Tuzli stress o‘simlik to‘qimalarida kislorodning faol shakllari hosil bo‘lishini kuchaytirib, hujayra makromolekulalari strukturasini shikastlaydi va jiddiy metabolik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. G‘o‘zaning tuzlar ta'siriga moslashuvida tabiiy asosli DAG-1 va DAG-2 preparatlari samarali bo‘lishi mumkin. Chigitlariga DAG-1 va DAG-2 preparatlari bilan ishlov berilib, NaCl ning turli kontsentratsiyalaridagi (100 mM, 200 mM, 300 mM) eritmalarida o‘stirilgan yetti kunlik g‘o‘za nihollarida pro-/antioksidant tizimi faolligi o‘rganildi. Muhim antioksidant ferment – superokiddismutaza faolligi tabiiy asosli DAG-1 va DAG preparatlari bilan ishlovlangan g‘o‘za navlarida yuqori bo‘lib, tuz ta'siriga chidamli bo‘lishi, ularda lipidlarning peroksidli oksidlanishining oxirgi mahsuloti – malondialdegidi miqdorining kamayishi hamda osmoprotektorlik xususiyatiga ega bo‘lgan erkin prolin aminokislotasining to‘planishi aniqlandi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Navruzov , S., Babayeva , D., Xashimova , N., & Axunov , A. (2020). SHO‘RLANISH SHAROITIDA G‘O‘ZANING OKSIDLANISH JARAYONLARIGA DAG-1 VA DAG-2 TABIIY ASOSLI PREPARATLARINING TASIRI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(2), 52–59. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/144
Ko'rishlar soni: 40