KALTSIY XLORATI, LIMON KISLOTANING AMMONIYLI VA MONOETANOLAMINLI TUZLARINI SAQLAGAN SISTEMALARNING ERUVCHANLIGI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishning asosiy omili – bu mineral o‘g‘itlar, stimulyatorlar va defoliantlardan samarali foydalanishdir. Xususan, paxta hosilini qisqa muddatda, sifatli yig‘ib-terib olishda defoliatsiya agrotexnik tadbirining ahamiyati katta. Defoliantlar ta'sirida g‘o‘za barglari samarali to‘kiladi. Natijada g‘o‘za qatorlari orasidan havo aylanishi yaxshilanadi hamda quyosh nuri to‘g‘ri rivojlanayotgan ko‘saklarga kelib tushadi va ularning yetilishi tezlashishining hisobiga hosildorlik 1,5-2,0 s/ga ortadi. Maqolada yangi suyuq defoliant olishni fizik-kimyoviy asoslash maqsadida ikkita suvli sistemada komponentlarning o‘zaro ta'siri keng harorat va kontsentratsiya oralig‘ida o‘rganilgan. Unda dastlabki moddalar va yangi faza aniqlangan, kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda tahlil qilinib, yangi birikma (S6N5O7)2Sa3∙4H2O mavjudligi tasdiqlangan. O‘rganilgan sistemalar tadqiqot natijalari kaltsiy xlorati va limon kislotasining ammoniyli, monoetanolaminli tuzlari asosida fiziologik faollikka ega bo‘lgan suyuq defoliant olish mumkinligi ko‘rsatilgan. Defoliant olishning yangi usuli kimyo sanoatida va olingan defoliantlar qishloq xo‘jaligining paxtachilik sohasida keng qo‘llaniladi.

Mualliflar haqida

How to Cite

To‘rayev , Q., Tog‘asharov , A., Shukurov , J., & Tuxtayev , S. (2020). KALTSIY XLORATI, LIMON KISLOTANING AMMONIYLI VA MONOETANOLAMINLI TUZLARINI SAQLAGAN SISTEMALARNING ERUVCHANLIGI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(2), 66–73. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/146
Ko'rishlar soni: 18