TOSHKENT SHAHRINING ISSIQLIK KOMFORTI SHAROITLARI
Abstrakt
Maqolada bioiqlimiy sharoitlar, jumladan, issiqlik komfortini baholash uchun havo qurg‘oqchiligining termogigrometrik koeffitsiyentidan foydalanish imkoniyati asoslangan. Bu koeffitsiyent havo harorati va namlikka sezuvchan bo‘lib, yaqqol ifodalangan yillik va sutkalik o‘zgarishga ega. Toshkent-observatoriya meteorologik stantsiyasida 2000-2018 yy. davrida havo harorati va shudring nuqtasining muddatli kuzatuvlari qatorini statistik qayta ishlash asosida issiqlik komforti sharoitlarining vaqt bo‘yicha taqsimlanish xususiyatlari aniqlangan. Tadqiqot natijalaridan turizm sohasi va sport tadbirlarini tashkil etish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat sharoitlarini yaratish, shaharsozlik va sog‘liqni saqlash sohalarida, shuningdek, kommunal xo‘jaligi tizimlarida foydalanish mumkin.