SIRDARYO GIDROKIMYOVIY REJIMINING MAKON VA VAQT BO‘YICHA UCH O‘LCHAMLI (3-D) TAHLILI
Abstrakt
Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqishda qishloq xo‘jaligi yerlarining sug‘oriladigan hududlaridan hamda daryo havzasidan to‘yinadigan daryolarning gidrokimyoviy rejimini tahlil etish zarur. Daryolar havzalaridagi yer va suv resurslariga antropogen omillar ta'siri, o‘z navbatida, yuza suvlarning sifati o‘zgarishiga olib keladi. Maqolada asosiy daryoning uzunligi bo‘yicha mineralizatsiya miqdorining makon va vaqt bo‘yicha tarqalishini uch o‘lchamli model asosida daryolarning gidrokimyoviy rejimini tahlil qilishning yangi metodi taklif etiladi. Mazkur metod daryolarga ifloslantiruvchi moddalarning kelib tushishini tahlil qilish, daryolar gidrokimyoviy rejimining shakllanishi va ifloslanishining asosiy sabablarini aniqlash imkonini beradi.v