MADANIY TILSHUNOSLIK FANINING ASOSIY TUSHUNCHALARINI O‘QITISH METODIKASI
Abstrakt
Maqolada koreys tilini o‘rgatishda interfaol usul va uslublardan foydalaniladigan dars turlari, xususan, madaniy tilshunoslikning asosiy tushunchalarini o‘rganish haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, o‘tkazilayotgan lingvistik va madaniy tilshunoslik tajribalarining nafaqat kuzatuvchilari, balki faol ishtirokchilari bo‘lgan talabalarning kognitiv imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar keltirilgan. Shu bilan birga, maqolada talabalar mustaqil ravishda o‘rganadigan ta’lim dasturlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o‘qituvchilarga quyidagi vazifalar qo‘yildi: koreysshunoslikning til, adabiyot, tarix kabi sohalarini o‘rganish uchun madaniy tilshunoslikning asosiy tushunchalari qanchalik foydali ekanligini tushunish; lingvomadaniy lug‘atning taklif etilayotgan tuzilmasi istiqbollari masalasini o‘rganish; talabalar bilimi nuqtai nazaridan lingvomadaniy lug‘atga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablarni aniqlash.