TUT IPAK QURTINING YUQORI HOSILDOR DURAGAYLARI KOMPONENT ZOTLARDA SELEKTSION TANLASH NATIJALARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada tut ipak qurtining yuqori hosildor duragaylari komponent zotlarning biologik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan selektsion tanlash usullari va natijalari bayon etilgan. Yangi duragaylar komponent zotlarning yuqori biologik ko‘rsatkichlari tut ipak qurtining ko‘plab qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha geterozis xususiyatining namoyon etishini kafolatlaydi. Tut ipak qurtining hayotchanligi va pilla ipakchanligini yaxshilashga ipak qurtining barcha rivojlanish bosqichlarida rejali va bosqichma-bosqich tanlash ishlarini olib borish orqali erishish mumkin. Selektsion-naslli tanlash o‘z ichiga zotlarni mahsuldorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha tabaqalash, an'anaviy selektsion tanlash va harakatlanish faolligi bo‘yicha tanlash usullarini oladi. Tanlash usullarining bir nechtasini kompleks ravishda qo‘llash, MG, Ipakchi-2, Ya-120 va Kitayskaya-108 zotlarining qurtlari hayotchanligi, pilla og‘irligi va ipakchanligining ortishiga olib keladi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Larkina Е., Aqilov У., & Salixova К. (2020). TUT IPAK QURTINING YUQORI HOSILDOR DURAGAYLARI KOMPONENT ZOTLARDA SELEKTSION TANLASH NATIJALARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(2), 89–93. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/150
Ko'rishlar soni: 26