BIODEGRADATSIYALOVCHI JAROHAT QOPLAMALARINING YANGI KOMPOZITSIYALARINI YARATISH VA ULARNING REGENERATIV XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Saphora japonica gul kurtaklaridan (kvertsetin, rutin) ajratilgan flavonoidlar va Convolvulus turkumidagi o‘simlikdan ajratilgan alkaloidlar (konvolvin, konvolamin, fillalbin) biologik faol moddalar qo‘shilgan kalamush dumining paylaridan ajratilgan kollagen asosidagi jarohat qoplamalari yaratildi. Alkoloidlar va flavonoidlardan rutin antimikrob faollikka ega ekanligi aniqlandi. Fiziko-kimeviy xususiyatlariga qaraganda tarkibida alkaloidlari bor jarohat qoplamalarining yopishqoqligi va mustahkamligi yetarli darajada talabga javob bermadi. Teridagi yiringli jarohatlarni davolashda jarohat qoplamalari kvertsetin, fillalbin va rutin bilan ijobiy natijalarni berdi. Tajribalardan shu narsa ma'lum bo‘ldiki, yiringli jarohatlar modelini davolashda KV-JQ bilan jarohat epitelizatsiyasi 11,1-12,2 sutkaga qisqardi (jarohatning to‘liq epitelizatsiyasi 17,2 ± 0,1 sutkalarga to‘g‘ri keldi), RU-JQ bilan yiringli jarohat epitelizatsiyasi 8,4 – 9,2 sutkalarga qisqardi (to‘liq epitelizatsiya 20,1 ± 0,2 sutkalarga to‘g‘ri keldi) va F-JQ yiringli jarohat epitelizatsiyasi 11,5-12,4 sutkaga qisqartirib eng yaxshi natijani berdi (to‘liq epitelizatsiya 28,9 ± 0,6 sutkalarga to‘g‘ri keldi), bu natijalarning bari davolashsiz kuzatuvda bo‘lgan nazorat guruhiga nisbatan olingan (to‘liq epitelizatsiya 28,9 ± 0,6 sutkalarga to‘g‘ri keldi). Fillalbin, kvertsetin va rutinning antioksidant va proliferativ xususiyatlari, bundan tashqari, antimikrob faolligining tabiiy, gipoallergen va gistologik mos kollagen matriksidan foydalanilganlik natijasida samarali natijaga erishilganligi bilan xarakterlanadi. Olingan jarohat qoplamalari toksik emas (xavflilikning 5-sinfiga taaluqli) mahalliy razdrajeniya, gistologik mos keluvchan, gipoallergen va jarohat qoplamalari uchun qo‘yilgan barcha xususiyatlarga mos keladi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Seomashko Н., & Abidova А. (2019). BIODEGRADATSIYALOVCHI JAROHAT QOPLAMALARINING YANGI KOMPOZITSIYALARINI YARATISH VA ULARNING REGENERATIV XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(2), 63–73. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/161
Ko'rishlar soni: 10