TUT IPAK QURTI DURAGAY KOMBINATSIYALARINING HAYOTCHANLIK VA PILLA MAHSULDORLIK KO‘RSATKICHLARIGA YUQORI HARORAT TASIRI
Abstrakt
Ishning asosiy maqsadi respublikamizning turli ekologik, yozning yuqori harorati va namligi me'yordan past bo‘lgan davrlariga mos zot va duragaylarni tanlash hamda ularning biologik, pilla hosildorligi va texnologik ko‘rsatkichlariga ta'sir etuvchi tashqi muhit omillarini o‘rganishdan iborat. Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti «Tut ipak qurti naslchiligi» laboratoriyasida yaratilgan duragay kombinatsiyalari Musaffo tola 1 va Musaffo tola 2 hamda xorijdan keltirilgan Jing song houyou duragaylaridan bahorgi mavsumda urug‘lar tayyorlanib, yozgi mavsumda boqish uchun urug‘lar HCl kislotasi ta'sirida diapauzadan sun'iy chiqarildi, tuxumlar jonlantirilib, yoz mavsumida boqildi. Tuxumlarning jonlanishi, ularning hayotchanligi, kar pillalarning ulushi va mahsuldorlik belgilari qiyosiy tahlil etildi. Tadqiqot jarayonida turli ekologik sharoitlarda olingan natijalar mahalliy va xorijdan keltirilgan duragaylarning hayotchanlik, pilla vazni, pilla qobig‘i vazni va ipakchanlik ko‘rsatkichlari turlicha namoyon bo‘lishi aniqlandi.