KUYGAN YARALARNI DAVOLASHDA TARKIBIDA KUMUSH NANOZARRALARI TUTGAN KARBOKSIMETILTSELLYULOZA ASOSIDA IMPLANT-PLYONKALAR OLINISHI VA XOSSALARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mazkur maqolada almashinish darajasi (AD) 0,65-0,85 va polimerlanish darajasi (PD) 200-600 bo‘lgan natriy-karboksimetiltsellyuloza (Na-KMTS) eritmasida barqaror kumush nanozarralari (AgNZ) fotokimyoviy qaytarilish usulida sintez qilingan. Tarkibida AgNZ va Na-KMTS tutgan plyonkalarning fizik-kimyoviy, fizik-mexanik va kuygan yaralarni davolovchi xossalari hamda bakteritsid faolligi o‘rganilgan. Na-KMTS plyonkalarida shakllangan AgNZning o‘lchami, shakli va miqdori atom kuchlanishli mikroskopiya (AKM), UB-spektroskopiya, dinamik yorug‘lik tarqalishi (DLS) va transmission elektron mikroskopiya (TEM) usullari orqali aniqlangan. Na-KMTS va u asosida olingan implant-plyonkalarda kumush nitrat tuzi kontsentratsiyasi ortishi bilan fotokimyoviy qaytarish natijasida shakllanayotgan AgNZ o‘lcham va shakllarining o‘zgarishi aniqlandi. O‘lchamlari 5–35 nm bo‘lgan AgNZ tutgan Na-KMTS plyonkalar yuqori bakteritsid faollik namoyon qilganligi va 14 kun davomida kuygan yaralarni davolash xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Sarimsoqov , A., Yunusov , K., Jalilov , J., Saburova , D., Fayazov , A., & Kamilov , U. (2022). KUYGAN YARALARNI DAVOLASHDA TARKIBIDA KUMUSH NANOZARRALARI TUTGAN KARBOKSIMETILTSELLYULOZA ASOSIDA IMPLANT-PLYONKALAR OLINISHI VA XOSSALARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(1), 56–68. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/17
Ko'rishlar soni: 38