DAVLAT XIZMATCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Abstrakt
Ushbu maqolada davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning ustuvor yo‘nalishlari tadqiq qilingan. Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston Respublikalarida davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi, «O‘zbekneftgaz» AJ va Aktsiyadorlik tijorat Xalq bankining rahbar kadrlari orasida davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert so‘rovnoma va intervyu o‘tkazilgan. Har bir soha xodimlari uchun «ish me'yorlari»ni ishlab chiqish va nazoratini ta'minlash bo‘yicha elektron tizim yaratish kontseptsiyasi ilmiy-amaliy asoslangan. Shuningdek, davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy tizimini joriy etishning nazariy-uslubiy va amaliy muammolarini yechish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.