O‘ZBEKISTONDA INSTITUTSIONAL MUHITNI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM MASALALARI
Abstrakt
Maqolada institutlarning mohiyati tahlil qilindi, tadqiqotlar asosida iqtisodiyotning uzoq muddatli va sifatli rivojlanishida inklyuziv institutlarning ahamiyati asoslantirib berildi. Davlatlararo qiyosiy tahlil asosida O‘zbekistondagi institutsional muhit rivojlanish sifati jihatidan nafaqat iqtisodiy rivojlangan davlatlar, balki o‘tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlardan, ayniqsa, mulk huquqini kafolatlash, korruptsiya darajasini pasaytirish va davlat apparati samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan ortda qolayotganligining bir qator asosiy sabab lari ochib berildi. Xorijiy mamlakatlarda institutsional islohotlarning muvaffaqiyatli tajribalari keltirildi, inklyuziv institutsional muhitni shakllantirish strategiyasining asosiy jihatlari tavsiflandi. Xorijiy institutlarni milliy tizimga joriy qilishda ularning mahalliy sharoitlarga moslashuvini ta'minlash muhimligi belgilab o‘tildi. To‘plangan xalqaro tajriba asosida mamlakatda inklyuziv institutsional muhitni rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralar taklif etildi.