IJTIMOIY SO‘ROV NATIJALARIGA KO‘RA, O‘ZBEKISTONLIKLARNING O‘Z-O‘ZINI BAHOLASHDAGI IJTIMOIY STRATIFIKATSIYASI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘zbekistonliklar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari keltirilgan. So‘rov tahlillariga ko‘ra, ob'ektiv tarzda mavjud bo‘lgan jamiyatning stratifikatsiyalash modellari bilan bir qatorda sub'ektiv stratifikatsiya ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, u bir guruh fuqarolarning boshqa fuqarolarga nisbatan jamiyatda egallagan o‘rinlari haqidagi tasavvurlarini aks ettiradi. Jumladan, tengsizlik iyerarxiyasining ob'ektiv ko‘rsatkichlari, birinchi navbatda, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aks ettirsa, sub'ektiv stratifikatsiya insonlarning jamiyatdagi mavqei va undan qanoatlanish darajasini aks ettiradi. Bu esa, avvalambor, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlash, mamlakatdagi hukumat legitimligining aholi tomonidan baholanishi hamda insonlar xulqini u yoki bu vaziyatlarda prognozlashtirish uchun ahamiyatga ega.

Mualliflar haqida

How to Cite

Rahimova Н., & Sinyagina В. (2020). IJTIMOIY SO‘ROV NATIJALARIGA KO‘RA, O‘ZBEKISTONLIKLARNING O‘Z-O‘ZINI BAHOLASHDAGI IJTIMOIY STRATIFIKATSIYASI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(3), 53–62. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/181
Ko'rishlar soni: 13