ROMETIN SHAMCHALARINING TARKIBI VA TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada gripp virusiga qarshi faollikka ega bo‘lgan rometin substantsiyasi asosidagi shamchalarning ilmiy asoslangan tarkibi va texnologiyasining ishlab chiqilishi yoritilgan. Ko‘pgina yillar davomida tibbiyot sohasida induktorlik xususiyatiga ega gossipol hosilalarini tatbiq etish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Rometin ana shu guruh birikmalaridan biri bo‘lib, gripp virusining unga sezgirligi kuchlidir. Uning fizik-kimyoviy va texnologik xossalari o‘rganilib, rektal dori shakli – shamchalar uchun tarkiblar tanlandi. Farmakologik tadqiqot natijalariga tayangan holda dori shakli tarkibida rometin substantsiyasining dozasi 0,05 g ni tashkil etdi. Shamcha dori shak lining texnologik bosqichlari ishlab chiqildi va Davlat farmakopeyasida keltirilgan «Shamchalar» maqolasi talablari bo‘yicha o‘rganildi va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha mos ekanligi qayd etildi. Qator tajriba usullari yordamida taklif etilayotgan shamchalar uchun gidrofob tabiatli yordamchi moddalarning qo‘llanilishi muqobil ekanligi aniqlandi. Sanoat miqyosida grippga qarshi shamchalarni ishlab chiqarish bo‘yicha tegishli shart-sharoitlar belgilandi. Shamchalar sifati turg‘unligini aniqlash natijalari haqqoniy bo‘lishi uchun ular tarkibidagi ta'sir etuvchi moddaning miqdorini aniqlash bo‘yicha tajriba-sinov ishlari amalga oshirildi. Bunning uchun UB-spektrofotometriya usulidan foydalanildi va aniqlash natijalarining o‘rtacha ko‘rsatkichi 85-105% oralig‘ida ekanligi qayd etildi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Nazirova Я., Ziyaev Х., & Rejepov К. (2020). ROMETIN SHAMCHALARINING TARKIBI VA TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(3), 63–70. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/183
Ko'rishlar soni: 23