PILLA TAYYORLASH VA UNGA DASTLABKI ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASINING EZILGAN VA SIRTQI DOG‘LI PILLALAR VUJUDGA KELISHIGA TASIRINI TADQIQ ETISH
Abstrakt
Maqolada dolzarb masala hisoblangan ezilgan va sirtqi dog‘li pillalar hosil bo‘lish sabablarini aniqlash maqsadida olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Sifatli pilla va xom-ipak xomashyosini olish ko‘p jihatdan pillani tayyorlash hamda unga dastlabki ishlov berish jarayonlariga bog‘liq. Shu sababli pillani tayyorlash hamda unga dastlabki ishlov berish bosqichlarining har birida ezilgan va sirtqi dog‘li pillalar hosil bo‘lishini aniqlash maqsadida respublikaning bir qancha pillaga dastlabki ishlov berish bazalarida ishlab chiqarish sharoitida tajriba tadqiqotlari olib borildi. Olib borilgan tadqiqotlar asosida keltirilgan tavsiyalarni pillalarni tayyorlash hamda ularga dastlabki ishlov berish bilan shug‘ullanuvchi respublikaning pillaga dastlabki ishlov berish bazalari va fermerlik xo‘jaliklariga tatbiq etish mumkin. Tadqiqot natijalari respublikaning iqtisodiy potentsiali oshishiga sabab bo‘luvchi yaxshi texnologik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan pilla va sifatli xomipak xomashyosini olish imkonini beradi.