TO‘QIMACHILIK SANOATI UCHUN MAHALLIY JUNDAN IP KALAVA OLISH INNOVATSION TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Abstrakt
Ushbu maqolada keltirilgan tadqiqotlar F-A-2018-005 raqamli «Mahalliy jun tolasidan to‘qimachilik sanoati uchun ip olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida bajarilgan. Mahalliy jun tolasini yuvish jarayoni sifatiga sirt faol modda tabiatining ta'siri o‘rganilgan. Olib borilgan tajriba natijalari asosida mahalliy jun tolasining ho‘llanuvchanligi, tola uzunligi, oqsil bo‘lmagan chiqindilarning tola tarkibidan chiqish samaradorligiga SFM sifatida sulьfanol NP-1 ning samarali ekanligi aniqlangan. Taklif etilgan tarkib va tartib bo‘yicha yuvilgan mahalliy jun tolasidan sifatli raqobatbardosh kalava ip olishning texnologik ketma-ketligi ishlab chiqilgan. Ixtironing mohiyati shundan iboratki, jun tolasidan ip kalava olish usulida tolalar ketma-ketligi jarayonida pillik olish va yigirish, titish va tozalash jarayonlari ignali garniturada amalga oshiriladi, yog‘lash bilan birga OP-10 preparatida emulьsiyalanadi.