MILLIY INNOVATSION TIZIMNI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYA VA INNOVATSIYALARNING O‘RNI
Abstrakt
Mazkur maqolada investitsiya va innovatsiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida turli iqtisodchi olimlar fikri asosida atroflicha o‘rganilgan va tahlil qilingan. Izlanishlar natijasida innovatsiyaga mualliflik ta'rifi ishlab chiqilgan. Innovatsion rivojlanishni ta'minlashda ularning o‘zaro aloqadorligi nazariy jihatdan yoritilgan hamda iqtisodiy o‘sishga erishishdagi ahamiyati ochib berilgan. Innovatsion iqtisodiyotning tavsifiy ko‘rsatkichlari hamda huquqiy, tashkiliy va moddiy asoslarining O‘zbekicton iqtisodiyotiga nisbatan tahlili mamlakatda innovatsion tizimni yaratishda uning moddiy-texnik bazasi katta ahamiyatga ega ekanligi asoslangan. Shuningdek, innovatsion rivojlanishni ta'minlash yuzasidan xulosa va takliflar shakllantirilgan.