XALQARO RAQOBAT O‘SISHI SHAROITIDA MILLIY INNOVATSIYA EKOTIZIMLARINING SHAKLLANISH YO‘NALISHLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Bugungi kunda dunyo mamlakatlarining aksariyati o‘z oldiga bilimga asoslangan innovatsion iqtisodiyotga o‘tish vazifasini qo‘ygan. Ilmiy-texnologik faoliyat natijalarini yaratish, uzatish va ulardan foydalanish barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy shartlaridir. Maqolada turli mamlakatlar misolida innovatsion ekotizimni shakllantirishning xorijiy tajribasi, ularning faoliyat yuritish xususiyatlari, jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida innovatsiya siyosatini amalga oshirishning tuzilishi va mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Rossiya Federatsiyasining “SKOLKOVO” innovatsiya markazi ekotizimini tashkil etish va uni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, zamonaviy milliy innovatsion ekotizim (MIET) rivojlanishini ta'minlab beruvchi tashkiliy, iqtisodiy, qonuniy, tuzilmaviy va funktsional tarkibiy qismlardan iborat mexanizmlar yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda milliy innovatsion ekotizimni rivojlantirishning hozirgi bosqichida turgan vazifalar va samarali innovatsion faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan elementlar ochib berilgan.


 

Mualliflar haqida

How to Cite

Qodirov , A., & Axmediyeva , A. (2020). XALQARO RAQOBAT O‘SISHI SHAROITIDA MILLIY INNOVATSIYA EKOTIZIMLARINING SHAKLLANISH YO‘NALISHLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(4), 17–29. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/194
Ko'rishlar soni: 19